Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Xizmat safari xarajatlari
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat safari xarajatlari 41
Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib ke-lish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish haqi. Yo‘l hujjatlari bo‘lma-gan taqdirda, xarajatlar temir yo‘l transportidagi yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin avto chipta qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda, lekin Toshkent shahrida, shahar va viloyatlar markazlarida - 0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08dan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika bo‘yicha o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsientlarda). 23-rasm. Xizmat safari xarajatlari41 Agar mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida (xonalarida) yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy xonasini ijaraga olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu nomerni (xonani) qiymatini 70% miqdorida amalga oshiriladi. Turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q bo‘lgan hollarda, xarajatlar har bir sutka uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini 2% miqdorida qoplanadi. Ishchi xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch kun mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Hisobdor shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 4220-“Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar”; 4230-“Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar”; 6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar”. Hisobdorlikka berilgan summa pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, hisobvaraqlari bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Qarzning qoplanishi, xarajatlar va xarid qilingan qiymatliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan sarf-xarajatlarning tavsifidan kelib chiqib boshqa hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti yuritiladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimlar soni qarab 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti bo‘yicha analitik (4221, 4222,...) schyotlar ochish mumkin. 4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar” schyotida mayda xo‘jalik xarajatlari uchun, hisobdorlik ostida vakillik xarajatlari uchun ekspeditorga berilgan bo‘naklarni hisobga olish mumkin. Vakillik xarajatlariga korxonaning o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek korxonaning boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o‘tkazish, ularni transport bilan taminlash, muzokaraaar vaqtida bufet xizmati ko‘rsatish xarajatlari, ziyofatlar va bo‘sh vaqtni tashkil etish, korxonaning shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir. 6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar” schyoti korxona xodimlariga ma’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqatda sarflangan summalar o‘rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlarni aks ettiradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling