Toshkent moliya instituti andijon fakulteti bank ishi va audit yo
Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
Download 37.43 Kb.
|
Jamshit referat statsitika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Miqdor belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
2.Sifat belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bogliq bo'lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo'llaniladi. Bunda o'rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon bo'lishi qulay bo'lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar,sektorli yoki doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlash-tirib taqdim etish usulidir 3.Miqdor belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek, o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin Grafik – bu statistik ma’lumotlar-ni ta’sirchan va jozibali qilib tasvir-laydigan geometrik shakldir Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo’nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo’llanadi. Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to’laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o’taydi. SHunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo’lamiz. Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o’zaro bog’lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o’rganilayotgan murakkab to’plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko’lamini tasvirlashda qo’llanadi. Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo’linadi. Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo’li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo’laklarga) bo’linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo’llanadi. Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko’pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me’yorga aytiladi. U o’rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O’zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. SHkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo’ladi va, demak, shu miqdor deb o’qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir CHiziqli va yassi diagrammalarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. CHiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo’lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko’rsatkichlari tasvirlanadi. CHiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o’qqa (ordinata o’qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko’rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o’qqa (abtsissa o’qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o’qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o’qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o’tkaziladi. Ularning o’zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho’qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo’ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o’rganilayotgan hodisalarning o’zaro bog’lanishini tasvirlaydi. Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. CHiziqli diagrammalar ko’pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa va jarayonlarni o’rganishda bu shakl har doim qo’l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. Spiral shaklli diagrammalar o’rganilayotgan to’plamning umumiy o’zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining o’zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) o’zgarishi bilan bir yo’la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) o’zgarishini ham aks ettirish zarur bo’lganda qo’llaniladi. XULOSA Statistik jadvallar ma'lumotlarni tahlil qilish va taqdim etishda muhim vositadir. Ular ma'lumotlarni taqdim etishning tizimli va tashkiliy usulini ta'minlaydi, tadqiqotchilar va tahlilchilarga ma'lumotlarni osongina izohlash va taqqoslash imkonini beradi. Bu jadvallar odatda raqamli qiymatlar, chastotalar va maʼlumotlar toʻplamini umumlashtiruvchi boshqa statistik koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.Statistik jadvallarning asosiy maqsadi ma'lumotlarning qisqa va aniq tasvirini ta'minlashdir. Ular katta ma'lumotlar to'plamini samarali tashkil etishga imkon beradi, bu esa naqshlarni, tendentsiyalarni va munosabatlarni aniqlashni osonlashtiradi. Statistik jadvallar odatda maʼlumotlarning markaziy tendentsiyasi, tarqalishi va taqsimlanishi haqida qisqacha maʼlumot beruvchi oʻrtacha, medianlar, standart ogʻishlar va foizlar kabi tavsifiy statistik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Statistik jadvallar ma'lumotlarni umumlashtirishdan tashqari, turli guruhlar yoki toifalar o'rtasida taqqoslashni ham osonlashtiradi. Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tuzib, turli o'zgaruvchilar bo'yicha o'xshashlik, farq va munosabatlarni aniqlash osonroq bo'ladi. Bu tadqiqotchilarga jadvallarda kuzatilgan naqsh va tendentsiyalar asosida mazmunli tushunchalar olish va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.Statistik jadvallarni turli sohalarda, jumladan, ijtimoiy fanlar, iqtisod, moliya, sogʻliqni saqlash va boshqalarda topish mumkin. Ular odatda ilmiy maqolalar, hisobotlar va taqdimotlarda ma'lumotlarni aniq va tartibli taqdim etishda qo'llaniladi. Bundan tashqari, statistik jadvallar jarayonni avtomatlashtiradigan hamda oson yangilanish va oʻzgartirishlar kiritish imkonini beruvchi elektron jadvallar yoki statistik tahlil dasturlari kabi dasturiy taʼminot dasturlari yordamida yaratilishi mumkin.Xulosa qilib aytganda, statistik jadvallar ma'lumotlarni tahlil qilish va taqdim etish uchun qimmatli vositadir. Ular ma'lumotlarni umumlashtirish va taqqoslash uchun tuzilgan formatni taqdim etadi, bu esa tadqiqotchilar va tahlilchilarga tushuncha olish va xulosalar chiqarish imkonini beradi. Statistik jadvallar maʼlumotlarni samarali tashkil etish va taqdim etish orqali murakkab maʼlumotlar toʻplamini tushunish va talqin qilishni yaxshilaydi va turli sohalarda ongli qarorlar qabul qilishga hissa qoʻshadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Devid Fridman, Robert Pisani va Rojer Purvesning "Statistika"si 2. Nil A. Vayssning "Kirish statistikasi" 3. "Statistika tamoyillari" M.G. Bulmer 4. Jorj V. Snedekor va Uilyam G. Kokranning "Statistik usullar" 5. Pol Nyubold, Uilyam L. Karlson va Betti Torn tomonidan "Biznes va iqtisod statistikasi" 6. Dennis D.Vakkerli, Uilyam Mendenxoll III va Richard L.Scheaffer tomonidan "Ilovalar bilan matematik statistika" 7. Devid S. Mur, Jorj P. Makkeyb va Bryus A. Kreygning "Statistika amaliyotiga kirish" 8. Jorj Kasella va Rojer L. Bergerning "Statistik xulosa" 9. Ronald E. Uolpol, Raymond X. Myers, Sharon L. Myers va Anahtaring Ye tomonidan "Muhandislar va olimlar uchun ehtimollik va statistika" 10. Duglas C. Montgomery va Jorj C. Runger tomonidan "Muhandislar uchun amaliy statistika va ehtimollik" Download 37.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling