Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Harakatlar 
strategiyasining 
davlatning 
iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanish 
dasturlarini moliyaviy ta’minlash manbalari nimalardan iborat? 
2. Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan davlat 
dasturlari, mazmuni, amalga oshirish chora-tadbirlari, moliyaviy manbalari 
qaysilar? 
3. Ijtimoiy dasturlarlarning yo‘nalishlari va moliyalash manbalarining tarkibi 
va tuzilishi qanday? Bu borada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. Davlat moliyasining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini aks 
ettiruvchi klaster tayyorlang. 


299 
2. Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan davlat dasturlari 
doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularni moliyaviy manbalari 
to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 
3. Xorijiy davlatlarda davlat moliyasining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati 
haqida mustaqil ish tayyorlang.


300 
14-BOB. DAVLAT MOLIYASINING INVESTISION JARAYONLARGA 
TA’SIRI 
 
14.1. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishda 
davlat moliyasining orni va ahamiyati 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi innovatsion faoliyat iqtisodiy o‘sishning 
muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli investitsion jarayonlarning samarali 
kechishi uchun davlat, mahalliy hokimiyatlar, alohida korxonalar hamda jismoniy 
shaxslar tomonidan moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarini jalb qilish, axborot va 
huquqiy ta’minotni yaxshilash, boshqaruvning samaradorligini oshirish talab 
etiladi. Investitsiyalar jalb qilinmas ekan, malakali mutaxassislar bo‘lmas ekan, 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari ko‘rilmas ekan, bironta ham ilmiy 
g‘oya yoki tajriba-konstruktorlik ishi o‘zining amaliy ahamiyatini ko‘rsata 
olmaydi.
“Mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni 
shakllantirish va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikani innovatsion va 
ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi 
organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik 
g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalish-
dagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi”
128

Investitsion faoliyat va ilmiy-texnika taraqqiyoti o‘zaro uzviy bog‘liqligi-
ning bir nechta muhim jihatlari mavjud. Avvalo, ilm-fanning jamiyatning bevosita 
ishlab chiqarish kuchiga aylanib borayotgan sharoitida, investitsiyalarga ilmiy 
tadqiqotlarning o‘ziga xos katalizatori sifatida qarash lozim. Shu munosabat bilan 
innovatsiyalar asosida fan-texnika taraqqiyotining so‘nggi yutuqlari bazasida 
 
128
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga 
innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
3698-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018 y., 07/18/3698/1178-son. 


301 
iqtisodiyot real sektorini rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan iqtisodiy o‘sishni 
moliyalashtirish modelini yaratish lozim. 
Innovatsion iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning zarurligi va shart-
sharoitlari 
haqida 
gap 
borar 
ekan, 
shuni 
ta’kidlash 
lozimki, 
bozor 
munosabatlarining asosini tashkil etuvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatlari ular 
moddiy bazasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq, chunki moddiy resurslardan 
samarali foydalanish har qanday iqtisodiy o‘sishning sharti va bosh omili 
hisoblanadi. 
Bilimga asoslangan iqtisodiyot iqtisodiyotning sanoat rivojlanishidan 
keyingi va innovatsion iqtisodiyotning oliy bosqichi hisoblanadi. Bunda ko‘pincha 
“bilimga asoslangan iqtisodiyot” atamasi “innovatsion iqtisodiyot” sinonimi 
sifatida ishlatiladi. Ammo bilimga asoslangan iqtisodiyot – innovatsion 
iqtisodiyotni rivojlantirishning oliy bosqichidir. 
Jahon Banki ekspertlarining ta’rifiga ko‘ra: “Bilimga asoslangan iqtisodiyot 
– o‘zining o‘sishi va raqobatdoshligini oshirish uchun bilimlarni yaratadigan, 
tarqatadigan va ulardan foydalanadigan iqtisodiyotdir”
129

Birlashgan Millatlar Tashkilotining mutaxassislari tomonidan bilimga 
asoslangan iqtisodiyotga batafsilroq ta’rif berilgan, ya’ni u “bilimlar barcha 
tarmoqlar, barcha sektorlar, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini 
boyitadigan iqtisodiyotdir. Ayni paytda bunday iqtisodiyot turli shakllardagi 
bilimlardan foydalanibgina qolmasdan, balki mazkur bilimlarni yuqori 
texnologiyali mahsulotlar, yuqori malakali xizmatlar, ilmiy mahsulot va ta’lim 
sifatida yaratadi”
130
(14.1-rasm). 
Bilimga asoslangan iqtisodiyot “moddiy iqtisodiyot”dan “intellektual 
iqtisodiyot”ga o‘tishni nazarda tutadi. Buning mohiyati shundan iboratki, bilimlar 
va maxsus noyob ko‘nikmalar barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai va hal 
qiluvchi omiliga aylanadi. Akademik V.L.Makarovning fikricha, “Bilimga asos-
langan iqtisodiyotda, bir tomondan, olimlar tomonidan qanchalik ko‘p bilim yara-

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling