Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Innovatsiontizimningamalqilishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
14.3-rasm. Innovatsiontizimningamalqilishi 134 Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyat innovatsiyalarni kiritishdan iborat. Yangilik – yangiliklar bozorini, investitsiyalar - kapital (investitsiya) bozorini yaratganidek, yangilik kiritish – yangilik kiritishning sof raqobat bozorini yaratadi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, innovatsiya bozorida joriy etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo‘llaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuv – innovatsiya faoliyatining pirovard natijasi sifatida baholanadi. Ekspertlar tomonidan ilmiy tadqiqot va ilmiy ishlanmalarga sarf qilingan har 1 AQSH dollari texnikaga sarf qilingan 1 AQSH dollariga nisbatan sakkiz barobar ko‘p foyda keltirishi hisoblab chiqilgan. 134 Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – B.504. Innovatsion tizim Ilmiy markazlar Universitet va institutlar Xususiy firmalar O’z ilmiy ishlanmalari, “nou-xau”lar Chetdan o‘zlashtirilgan ilmiy ishlanmalar, “nou-xau”lar Innovatsiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish Yangi texnologiyalar, yangi mashina va uskunalar, yangi mahsulotlar, yangi xizmatlar 306 Milliy innovatsion tizimda unsurlarning birinchi guruhi inson kapitali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori, intellektual mulkni himoya qilish tizimi, shuningdek umumiy tadbirkorlik muhitini qamrab oladi. Milliy innovatsion tizim uchun ushbu unsurlar zarur, lekin yetarli emas, shuning uchun ularni qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish talab qilinadi. Unsurlarning ikkinchi guruhiga innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash vositalari (grantlar, imtiyozli yoki kafolatli kreditlash) tashkiliy vositalar (ilmiy-texnikaviy biznes-inkubatorlari, texnologiya bog‘lari, texnologiya- ni o‘zlashtirish bo‘yicha tashkilotlar) hamda yangi mahsulotlar, xizmatlar, texnolo- giyalar, nou-xaular, patentlar kiradi. Innovatsion faoliyat innovatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat xatti-harakatlari yig‘indisidir.Innova- tsion faoliyatning natijalari mehnat unumdorligining va milliy ishlab chiqaruv- chilarning ichki hamda tashqi bozorlardagi raqobatbardoshliklari ortishida, resurs- larning tejalishida, umuman iqtisodiyotning barqaror o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling