Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
136
Sh.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: 
“O‘zbekiston” NMIU. 2019-y. 10-bet. 


308 
to‘g‘risida”gi PQ-3682-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish 
bo‘yicha 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-3698-son Qarori va boshqa qonuniy-huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarning qabul qilinganligi va amalda bajarilayotganligi mamlakatimizda 
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning 
huquqiy asoslari ma’lum darajada shakllanganligidan dalolat beradi. 
14.2. Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari 
Investitsiya sohasida ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida 
mustaqillik yillarida mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi, xorijiy 
sarmoyadorlar uchun keng ko‘lamli huquqiy kafolat va imtiyozlar majmui 
yaratildi, xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha 
yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.
Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi yillardagi o‘sish 
sur’atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va pasayish 
tendentsiyalari kuzatilmoqda.
2018-yilning I-yarim yilligi davrida 41 239,2 mlrd so‘m asosiy kapitalga 
investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 53,6 %i jalb etilgan mablag‘lar hisobidan 
moliyalashtirilgan bo‘lsa, korhona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari 
hisobidan 46,4 %i moliyalashtirildi. 
14.5-rasm. 2018-yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 
tarkibi
137
 
 
137
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasining rasmiysayti www.stat.uzma’lumotlari asosida ttuzildi. 


309 
Asosiy 
kapitalga 
investitsiyalarning 
katta 
qismi, 
yani 
jami 
investitsiyalarning 32,7 %i korhona va tashkilotlarning o‘zmablag‘lari hisobidan 
moliyalashtirilgan. Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz 
mablag‘lari hisobidan 18,8 %, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va 
kreditlar 12,1 %, aholi mablag‘lari 13,6 %, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 
7,5 %, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar 8,8 %, Respublika 
byudjeti 3,4 % va Davlat maqsadli jamg‘armalari 3,1 % va Bolalar sportini 
rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan esa 0,02 % asosiy kapitalga investitsiyalar 
o‘zlashtirildi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling