Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
15.2. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan 
moliyalashtirish 
Davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishizarur.Bu 
xarajatlar,eng avvalo,mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turlitarmoqlarga 
invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmushdarajasini ko‘tarish 
uchun 
rejalashtirilgan, 
ijtimoiy 
vazifalarni 
bajarishga 
ajratilgan,davlatni 
boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan 
iborat 
bo‘ladi. 
Ushbu 
umumdavlat 
xarajatlari 
davlat 
byudjeti 
orqali 
moliyalashtiriladi. Byudjet tizimining barcha xarajatlari turli byudjetlaro‘rtasida 
taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan byudjetga kiritilishinianglatadi. 
Bu birinchidan, moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika vamahalliy 
organlarga qarashli bo‘lishi, ikkinchidan, moliyalashtiriladigan tadbirning 
ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilishi 
bejiz emas. Albatta, buning negizida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va 
takomillashtirishda o‘ziga hos bo‘lgan “O‘zbek modeli” va uning mantiqiy davomi 
bo‘lgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining 4-ustuvor 
yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari belgilab 
berilgan
152

2019-yilda ijtimoiy soha davlat byudjeti xarajatlarinig qarib 54% yoki 
57822,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
153
O‘zbekiston Respublikasida 2017/2018-o‘quv yili boshida jami umumta’lim 
muassasalari soni 9718 tani tashkil etib, ulardan 6012 tasi (62%) qishloq joylarda, 
3706 tasi (38%) shaharlarda joylashgan. 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatdagi 
umumta’lim muassasalarida jami 5271,3 ming nafar o‘quvchilar ta’lim olayotgan 
bo‘lib, ulardan 51 foizini o‘g‘il bolalar, 49 foizini esa qizlar tashkil etadi. 
 
152
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga asosan 
153
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentinig 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet 
mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son Qarori. 


333 
Umumta’lim muassasalaridagi jami o‘qituvchilar soni 419,8 ming nafarni tashkil 
etib, ulardan 54 foizi qishloq maktablarida, 46 foizi esa shahar maktablarida 
faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 13 nafar 
o‘quvchi to‘g‘ri keladi. 2017/2018-o‘quv yili boshiga jami 1556 ta o‘rta maxsus 
kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan 1163,2 ming nafar 
o‘quvchilarga, 90,8 ming nafar pedagog xodimlar ta’lim bermoqda. Joriy yilda 
o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalariga 192,1 ming nafar o‘quvchi qabul 
qilingan bo‘lsa, bitiruvchilar soni 489,7 ming nafarni tashkil etdi.
154
O‘zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o‘ziga xos 
madaniyatlaridanbiridir. 
Uming 
yillar 
davomida 
shakllanib, 
zamonaviy 
O‘zbekiston hududida turlivaqtlarda yashagan xalqlarning urf-odatlarini o‘zida 
mujassamlashtirgan. Buyuk ipak yo‘li xalqlar madaniyati, ularning urf-odatlari va 
san’atining birlashuviga hissa qo‘shgan. 
2000-2017-yillarda muzeylar soni 88 tadan 121 taga, ya’ni 1,4 marta 
ko‘paydi, mos ravishda muzeyga tashrif buyuruvchilar 2000-yilda 3463,6 ming 
kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 6302,1 ming kishini tashkil etdi, ya’ni 1,8 
marta oshdi. Teatrlar soni 2000-yilda 40 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 
50 tani tashkil etmoqda, shunga qaramay, tomoshabinlar soni 2000-yilda 2725,2 
ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 2462,1 ming kishini tashkil 
etmoqda. Mamlakatimizda teatrlar soni bo‘yicha etakchi o‘rinni Toshkent shahri 
egallaydi(19 ta teatr). Keyingi o‘rinlarda: Qashqadaryo viloyati (5 ta teatr), 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 ta teatr), Samarqand viloyati (4 ta teatr), 
Farg‘ona viloyati (4 ta teatr), Andijon viloyati (3 ta teatr). Buxoro, Jizzax, 
Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida 2 tadan teatr, Namangan, Sirdaryo 
viloyatlarida 1 tadan teatrlar mavjud. 
O‘zbekistonda 
sog‘lom 
avlodni 
tarbiyalash 
davlat 
siyosatining 
ustuvoryo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va 
sportga katta e’tibor berilmoqda. Bu sportdagi yuksak yutuqlar va jahon 
 
154
Stat.uz/ststinfo/ijtimoiy soha/statistik-jadvallar-sotsfera/ umumta’lim – O‘zbekiston Respublikasi Statistika 
Qo‘mitasi sayti. 


334 
darajasidagi sport inshootlarining mavjudligi bilan ifodalanadi. 2017-yilda 51306 
ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, ulardan 27573 tasi qishloq joylarda joylashgan. 
Jami sport inshootlarining bir kunlik quvvati (o‘tkazish imkoniyati) 2061,3 ming 
kishini, qishloq joylarda esa 1020,7 ming kishini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya 
jamoalari va sport klublari soni 12312 tani, qishloq joylarida esa 7303 tani tashkil 
etmoqda.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling