335
qiladi. Nogironlikning sabablari tarkibida 51,9% asosiy qismi “umumiy kasalliklar
tufayli”, keyin 42,5% “bolalikdan nogironlik”, qolgan sabablar esa 5,6% ni tashkil
qiladi. Yosh guruhlarining nisbatan kattaroq qismini (13,7 foizini) 55-59 yoshdagi
nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Umumiy kasalliklar
tufayli nogironligi
bo‘lgan shaxslarning 21,3 foizi xuddi shu 55-59
yoshdagilar guruhiga, 17,2
foizi
50-54 yoshdagilar guruhiga to‘g‘ri keladi. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan
bolalar
o‘rtasida 14,1 foizi 10-15 yoshdagila guruhiga va 10,7 foizi 5-9
yoshdagilar
guruhiga to‘g‘ri keladi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o‘rtacha
miqdorlari
bo‘yicha tahlil qilinganda pensiya va ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 345,7 ming
kishidan iborat bo‘lgan Toshkent shahrida eng ko‘p, ya’ni 709,2 ming so‘mni,
oluvchilar soni 267,6 ming kishidan iborat bo‘lgan
Namangan viloyatida esa eng
past ko‘rsatkich, ya’ni 465,5 ming so‘mni tashkil etadi
157
.
15.1-rasm. 2019-yil byudjet xarajatlarida i
jtimoiy soha vaaholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
miqdori(%larda)
158
157
Stat.uz/ststinfo/ijtimoiy soha/statistik-jadvallar-sotsfera/ijtimoiy himoyalash – O‘zbekiston Respublikasi
Statistika
Qo‘mitasi sayti.
158
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga
byudjet
mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son Qarori asosida.