Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida davlat moliyasining o‘rni va ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi? 2. Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy va moliyaviy negizlari nimalardan iborat? 3. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish tartiblari qanday? 4. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida davlatning qanday ijtimoiy rivojlanish dasturlari ko’zda tutilgan, ularni moliyaviy ta’minlash manbalari nimalardan iborat? Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1. Davlat moliyasining mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini aks ettiruvchi klaster tayyorlang. 2. Mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 3. Xorijiy davlatlarda ijtimoiy muammolarni davlat moliyasi yordamida hal qilish masalalari haqida mustaqil ish tayyorlang. 164 http://press-service.uz/uz/lists/view/794 345 16-BOB. DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDA IJTIMOIY SUG‘URTA VA IJTIMOIY TA’MINOT 16.1. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni, davlat moliyasi tizimidagi o‘rni va ahamiyati Ijtimoiy sug‘urta – fuqarolarning qarilik, kasallik, onalik, mehnat qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot olishning moliyaviy asosini yaratish bilan bogliq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urta munosabatlari orqali jamiyat miqyosida turli ijtimoiy iste’mol fondlari shakllanadi va belgilangan tartibda ishlatiladi. Ijtmoiy sug‘urta ajratmalari hisobidan shakllanadigan pul jamg‘armalari fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanish shakllari va usullarining moliyaviy asosini yaratishga xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy sug‘urta ajratmalari sifatida yuridik shaxslardan undiriladigan yagona ijtimoiy soliq (yoki byudjet tashkilotlari tomonidan ular xarajatlarining II-guruhi bo‘yicha rejalashtiriladigan va ajratiladigan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar) o‘rnatilgan nisbatlarda taqsimlanib, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sug‘urta byudjetini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, ishlovchi xodimlar ham o‘z ish haqlaridan ijtimoiy sug‘urta badallarini Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali, Kasaba uyushmalariga sug‘urta badali shaklida muayyan to‘lovlarni to‘laydilar. Ijtimoiy sug‘urtaning bunday namoyon bo‘lishi uning majburiylik xususiyatini ko‘rsatadi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari (yagona ijtimoiy soliq ko‘rinishida) soliqlarga tenglashtirilgan bo‘lib, bu o‘tkazmalarning amalga oshirilishi soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi. Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, zarurligi va ahamiyati, kishilik taraqqiyotida uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, mehnatkashlarni turli xavf-xatarlardan himoya qilishdagi ahamiyati, ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlarning 346 xususiyatlari turli adabiyotlarda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda, ilmiy maqolalar va tezislarda yetarlicha yoritilgan, bu mavzuda qator ilmiy ishlar olib borilgan. “Families and social security” nomli maqolada muallif quyidagilarni tadqiq qilgan: “agar ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bilan davlat tuzilmalari shug‘ullanmasa, bu sohani to‘lig‘icha xususiy sektorning vakolatlariga topshirib qo‘yilsa, ko‘pchilik oilalarning, jumladan, yolg‘iz va keksa oilalar, nikohdan ajrashganlar va shu kabi aholi guruhlarining ahvoli nochorlashadi. Agar ishchilarning ijtimoiy sug‘urtasi kafolatlab qo‘yilmasa, kapitalning jamg‘arilishi 40 foizga, ish kuchining taklifi 30 foizga, yalpi samaradorlik xatto 36 foizgacha pasayib ketishi mumkin. G‘arb davlatlari ijtimoiy hayotida oilalarning ajralib ketishi, to‘liqsiz oilalarning, yolg‘iz fuqarolarning ko‘payishi ularni davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinishi va ularga nisbatan ijtimoiy ta’minot dasturlarini ishlab chiqishni talab etadi. Shularni hisobga olgan holda, kelgusida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot qisqarishi emas, aksincha, rivojlanishi va mustahkamlanishi kerak” 165 . Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot asosan “Medicare” va “Medicaid” dasturlari orqali aholiga yetkaziladi. Medicare dasturi AQShda 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni tibbiy sug‘urtalash milliy tizimi hisoblanadi. Dastur fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bir qismini qoplashga xizmat qiladi. “Medicare” dasturi ish beruvchilar va ishlovchilarning daromadi va ish haqisidan olinadigan soliqlarning bir qismi, shuningdek, Ijtimoiy ta’minot fondlaridan har oylik badallar hisobidan moliyalashtiriladi 166 . “Medicaid” – AQSHda nochor fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishning davlat dasturi hisoblanadi. Bu dastur bo‘yicha rasmiy kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. U shtatlar darajasida federal hukumatning yordamida amalga oshiriladi. Ushbu dastur 1960- 165 Hans Fehr,Manuel Kallweit , Fabian Kindermann. Families and social security. European Economic Review. January 2017, Pages 30-56.www.sciencedirect.com 166 Social Security Administration “Medicare” // SSA Publication. — № 05-10043-RU. 347 yilda Kerr Milss (Kerr - Mills Act) qonuniga ko‘ra qabul qilingan va 1965-yildan beri amal qiladi 167 . “AQShda ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar asosan Medicare va Medicaid milliy dasturlarining moliyaviy ta’minotiga safabar etiladi. Bu milliy dasturlar tomonidan tibbiy xizmatlar haqini to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar mamlakat bo‘yicha jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasiga xarajatlarning oshib ketishiga olib keladi” 168 . Umuman olganda, AQSh sog‘liqni saqlash tizimiga eng ko‘p mablag‘ safarbar etadigan davlat hisoblanadi, bu xarajatlar mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 17 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinishlari belgilab qo‘yilgan 169 . Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari sug‘urta badallarini to‘laydilar. Shu bilan birga, ish beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa, ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan (16.1-rasm): Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling