Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan
16.1-rasm. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan to‘lovlar 170 167 Лебедева Л.Ф.– США: государство и социальная политика.- М.: Наука. - 2007. 148-cтр. 168 KaiZhao. Social security and the rise in health spending. Journal of Monetary Economics. May 2014, Pages 21- 37. www.sciencedirect.com 169 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. XVI bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son 170 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 284-modda (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son) asosida tayyorlandi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar 348 − vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; − bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; − davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari; − qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish, sug‘urta qilingan xodimlarning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq to‘lash, bolalarning sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi. Ijtimoiy sug‘urta aholini turli xavf-xatarlardan ijtimoiy himoyalash hisoblanadi, ya’ni ishdan ketish, mehnatga layoqatlilikni, daromadni yo‘qotish kabi xavf-xatarlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning muhim jihati shundaki, u ish beruvchi va ishlovchilarning maqsadli badallari asosida maxsus nobyudjet fondlarni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy sug‘urta munosabatlarida sug‘urta to‘lovi mehnat ulushi hamda sug‘urta muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatga layoqatlilikni va daromadni yo‘qotishga olib keladigan ijtimoiy xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: kasallik, ishlab chiqarishdagi jarohat, kasbiy kasallik, baxtsiz xodisa, onalik va bolalik, ishsizlik, qarilik, boquvchisini yo‘qotish. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimioiy sug‘urtaning o‘rni va roli sezilari oshib boradi, bunga aholining majburiy ijtimoiy sug‘urtalaganlik darajasining oshishi, ijtimoiy sug‘urta dasturlarining kengayishi, to‘lanadigan pensiya, nafaqalar hajmining hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining o‘sishi, ularning qiymati va aholi real daromadlarining oshishi sabab bo‘ladi. Ijtimoiy-siyosiy nuqtai-nazardan qaraganda, ijtimoiy sug‘urta fuqarolarning qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot olishga konstitutsiyaviy huquqi borligini ko‘rsatadi. To‘lanadigan mablag‘ miqdori mehnat 349 staji, oylik ish haqi, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi va amaldagi qonunchilikka asoslanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning eng muhim iqtisodiy funksiyasi shundaki, u mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlarini yaratadi, shu bilan birga, ijtimoiy sohada davlat siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuningdek, ijtimoiy sug‘urta tizimi jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, siyosiy birdamlikni yaratish va uni saqlab qolishning dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning yordami bilan jamiyat quyidagi vazifalarni bajaradi: − ishga layoqatsiz va mehnat jarayonida ishtirok etmaydigan shaxslarning xarajatlarini qoplashga qaratilgan pullik fondlarni shakllantirish; − mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning tuzilma va zarur miqdorini ta’minlash; − jamiyatning ishlovchi va ishsiz a’zolarining moddiy ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish; − aholining mehnat jarayoniga jalb etilmagan guruhlarining yashash darajasini ko‘tarishga erishish. Ijtimoiy sug‘urta ikki yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratilgan: − birinchisi - ishchilarni sog‘lomlashtirish va qayta tayyorlash tadbirlarini o‘tkazgan holda mehnat qobiliyatini qayta tiklash va uning saqlanishini ta’minlash; − ikkinchisi - mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga yoki unga umuman ega bo‘lmaganlarga moddiy ta’minotni kafolatlash. Ijtimoiy sug‘urta tizimining moddiy asosini unga muvofiq keluvchi fondlar tashkil etadi. Ijtimoiy sug‘urta fondlari quyidagi manbalar hisobidan shakllanadi (16.2-rasm): - ishchilarning sug‘urta badallari; - ish beruvchilarning badallari; - davlat subsidiyalari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling