Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

6
“Xalq so‘zi” gazetasi 2010 yil 15 yanvar, №10 (4925) 


58 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi
7
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash shuningdek soliq majburi-
yatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 
392 moddadan iborat bo‘lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor 
va qoidalarni mujassamlashtirgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjatga 
aylandi. Jumladan, yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan 
Prezident farmonlari va qarorlarida bayon etilgan normalar to‘liq ifodasini topgan. 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish 
va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati katta. Unga muvofiq, soliqqa tortish 
masalalarida baxsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‘lovchi foydasiga hal 
etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud bo‘lmagan) soliq 
to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya’ni soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va 
noaniqliklar soliq to‘lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq kodeksining 
tamoyillarida alohida belgilab qo‘yildi. 
Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq, soliq to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining 
yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va yuqorida 
ta’kidlanganidek, soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga 
asoslanadi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Kodeksda belgilangan 
ushbu prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin emas. 
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma’murchiligi masalalariga 
bag‘ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o‘zgartirildi va 
kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo‘lishi uchun 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, 
jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta’riflar 
berildi.Endilikda barcha soliq to‘lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‘layotgan-
 
7
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 1-modda 


59 
liklari to‘g‘risida to‘liq va kengroq tasavvurga ega bo‘ladilar, bu esa, o‘z 
navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, 
ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. 
Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq 
tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o‘tkazish uchun asos 
bo‘ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushunchalar ochib berildi. 
“Soliq nazorati” bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari 
yoritilgan. Ularni o‘tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tilgan. 
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoida-
larni mujassamlashtirgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjatga aylantirilganligi 
bois, uning amalga kiritilishi munosabati bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bir qator 
qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi. “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘ri-
sida”gi, “Patta to‘lovi to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. 
Lekin keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-
iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga 
qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning 
qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq 
qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‘or yutuqlarini 
implementatsiya qilish ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu kamchiliklarni 
bartaraf etish maqsadida 2018-yil 13-fevralda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishda Soliq 


60 
ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq 
yig‘iluvchanligi va byudjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat 
mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini yanada takomillashtirish, 
byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar 
belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel kuniga qadar 
O‘zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi 
loyihasini ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta’minlash 
belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri-
ni ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal 
sur’atlar bilan o‘sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga 
qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va 
fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan 
siyosatni davom ettirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va 
soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va 
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada kuchay-
tirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‘or zamonaviy soliq solish 
tizimiga mos keladigan va byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror 
ravishda ta’minlaydigan hamda iqtisodiy o‘sishga ta’sirchan omil bo‘ladigan 
samarali soliq tizimi barpo etilishini ta’minlaydi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling