Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-jadval  MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

5.1-jadval 
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot 
 
№ MDHdavlatlari 
Byudjet kodeksining mavjudlik holati 
1. 
Armaniston 
mavjud emas 
2. 
Belorussiya 
mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan 
3. 
Moldaviya 
mavjud emas 
4. 
Ozarbayjon 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
5. 
Rossiya 
mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan 


56 
6. 
Tojikiston 
mavjud emas 
7. 
Turkmaniston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
8. 
Ukraina 
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan 
9. 
Qozog‘iston 
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan 
10. Qirg‘iziston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
11. O‘zbekiston 
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan 
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘zgartirishlar va yangiliklar ilg‘or xalqaro 
tajribani o‘rganish asosida joriy etilgan bo‘lib, ularda mamlakatimiz byudjet 
tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 
5.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati 
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlar va 
ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish 
borasidagi yengilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar 
soliq mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
2007-yilgacha amalda bo‘lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‘lib, 
soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga ko‘pgina yo‘riqnoma, nizom 
va tartiblar ham qo‘llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‘zgartirishlar 
kiritilishi va soliq normalarining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinishi muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin 
qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‘lovchilarning haqli e’tiroz-
lariga sabab bo‘lardi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq 
siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma’qullanib, 
Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran 


57 
kuchga kirdi. Kodeksda ko‘zda tutilgan me’yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va 
soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va 
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga 
qaratilgan. 
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va 
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‘lgan hollarda 
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda 
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi 
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini 
takomillashtirish bo‘yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘-
mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar 
tomonidan berilgan takliflar bo‘lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq 
kodeksining 79 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va 
samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha 
belgilangan muddatning ikkinchi yilida, ya’ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan 
takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar 
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma’qullandi hamda Prezident tomonidan 
imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq etila boshlandi
6

 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling