Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy 
yo’nalishlari: 
− zamonaviy markazlashgan g’aznachilik tizimini shakllantirish
− yangi byudjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan 
yagona byudjet va hisob tizimini yo’lga qo’yish; 
− o’rta muddatli byudjet strategiyasini va dasturiy byudjetlashtirishni joriy qilish,
− byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet 
faoliyatini rivojlantirish;
− davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash asosi sifatida soliq siyosatini 
yanada takomillashtirish va sh.k. 


75 
ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kapital mablag‘lar hajmini 
oshirish; 
− byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish. 
 
6.3. O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o‘rta istiqboldagi byudjet-soliq 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
 
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqaro-
lik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga 
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot 
kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning 
munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat 
taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini 
belgilash vazifasini amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik 
va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari 
bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun 
hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, 
ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar 
tajribasi tahlil qilindi.Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
13
ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi – olib borilayotgan 
islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va 
jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir
14

Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida 
O‘zbekiston 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling