Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar)ning vazifalari
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari:
− yangi byudjet qonunchiligini yaratish; − soliq islohotlarini o’tkazish; − byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash; − byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar)ning vazifalari: − balanslashgan byudjetni shakllantirish; − soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va unifikatsiyalash; − byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan, xalq xo’jaligi tarmoqlarini mablag’lar qaytimini ta’minlay olmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga o’tish; − byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish vazifalarini hal qilish. 72 yillar). Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og‘ir kechdi. Bunga sabab, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin pasayishi,bu esa o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo‘luvchi fiskal xususiyatga egaedi.Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal qilishi davlatbyudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta’minlashga xizmat qildi.Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat edi. Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining kengligi bilan tavsiflanadi, buhol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga to‘sqinlikqilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish talablariga javob bermasedi. Ko‘p sonli imtiyozlarning kiritilishi esa ishlabchiqarishni kengaytirishva tadbirkorliknirivojlantirishda kutilgan natijani bermadi, balki aksincha,soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga imkoniyat yaratdi. Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko‘rsatadi. Hukumat byudjet qonunchiligi yordamida xarajatlarning umumiy darajasini,byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada, qonunchilik makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi: − Qonunchiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlari o‘rtasida byudjet vakolatlarining taqsimlanishi; 73 − hukumatning byudjet tartib-taomillari nazoratini cheklovchi va shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta’qiqlanishi; − makroiqtisodiy nazoratni ta’minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat qarzi va chetdan mablag‘ jalb qilishning cheklanishi. Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini yagona konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanishijarayoniustidan ta’sirchan moliyaviynazoratnikuchaytirishimkoniyativujudga keldi. Milliyvalyuta– so‘mningjoriyetilishi,pulmuomalasinitartibgasolishvaqat’iypul-kreditsiyosatini olib boorish yordamidapulislohotlariningo‘tkazilishi keyingi ijtimoiy- iqtisodiyrivojlanishvao‘sishga sharoit yaratdi. O‘tish davridamoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari vaijtimoiysohaning Moliyaviy ehtiyojlari mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni ishlatish bo‘yicha davlatning real imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Shu sababli bu davrda moliya organlarining muhim vazifasi moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlarida mujassamlashuvini byudjet taqchilligining oshib ketishiga olib keladigan xarajatlarni oshirish evaziga emas, balki oqilona soliq tizimini yaratish evaziga amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishning muhim sharti, shuningdek,byudjet taqchilligini, ichki va tashqi davlat qarzini cheklash hisoblanadi. Davlat byudjeti borasida amalga oshirilgan islohotlar ikkinchi bosqichining muhim jihatlari quyidagilardir: − byudjet qonunchiligining shakllanishini davom ettirish; − soliq tizimining takomillashuvi va unifikatsiyalashuvi; − byudjet xarajatlarini optimallashtirish, shu jumladan, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini beg‘araz moliyalashtirish amaliyotidan investitsiyalashga o‘tish; 74 − balanslashgan davlat byudjetini shakllantirish. Ushbu davrda davlatning byudjetsiyosatiquyidagilargayo‘naltirildi: − byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini yanada kuchaytirish; − davlat xarajatlari samaradorligi va oqilonaligini oshirish, buning uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va manzilliligini oshirish maqsadida byudjetni rejalashtirish usullarini takomillashtirish; − davlat byudjetini ijro etishning g‘aznachilik tizimini joriy etish asosida davlat moliyasini boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish; − iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarnidavlat xarajatlarini qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarini suv bilan ta’minlash; fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlarda kengaytirish; − qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish; bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tashkiliy tuzilmasini joriy etish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish; − markazlashgan investitsiyalarga xarajatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgi- lash, YAIMning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan, bandlik va aholi daromadlarini oshirish muammolarini hal qiladigan, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirishga xizmat qiladigan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling