Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
huquqiy  
kategoriya  
sifatida 
 
markaziy hukumat va tegishli mahalliy hokimiyat idoralari 
faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondi 
 
davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda 
yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning faol qismi bo‘lgan milliy 
daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan 
kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi 
iqtisodiy  
kategoriya  
sifatida 
 
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 


93 
hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili
23
uchun tuziladi, 
ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida esa “davlat 
byudjeti” iborasi “davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan 
ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi”
24
deb 
ta’riflanadi. Ushbu ta’rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy 
tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.
“Public budgeting systems” nomli qo‘llanmada “davlat byudjeti nima?” deb 
qo‘yilgan savolga “Sodda qilib ta’riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan, 
oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya’ni 
daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig‘indisi”
25
, deb ta’rif berilgan. Retrospektiv 
xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni o‘tgan davr ma’lumotlarini aks ettirishga asoslangan 
buxgalteriya hisobotidan farqli o‘laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda 
byudjetning o‘tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlaridan foydalanilsada) byudjet – kelgusida kutilayotgan 
daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko‘rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi. 
Tarixan, byudjet so‘zi charm karmon, hamyon, sumka ma’nosini anglatgan. 
Xususan, “Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning 
ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm 
sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinchalik byudjet nomini olgan”
26
.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling