Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Moliya tizimining elementlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya tizimining elementlari
4.1-rasm. Moliya tizimining elementlari Davlat moliyasi (markazlashgan moliya) deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash asosida tuziladigan pul mablag‘lari fondlarining shakllanishi va ishlatilishi yuzasidan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlar tushuniladi. Bu munosabatlar asosida davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari kabilar shakllanadi. Ularning mablag‘lari ta’lim (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va shu kabilar), sog‘liqni saqlash (davlatga qarashli turli davolash-profilaktika muassasalari), aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari (turli nafaqalarni to‘lash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish), ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti, bolalar va qariyalar uylarini saqlash), davlat Moliya tizimining elementlari Moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisi Moliyani boshqarish organlari yig‘indisi Pul mablag‘lari fondlari yig‘indisi Markazlashish darajasiga ko‘ra Xarakteriga ko‘ra markazlashgan markazlashmagan tarmoqqa tegishli hududiy maqsadli dasturlarni bajarishga mo‘ljallangan byudjet fondari 39 hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash va boshqa shu kabi davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Markazlashmagan moliya xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklariga tegishli pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Bu sub’yektlarning ixtiyorida barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab bo‘lgandan keyin qolgan daromad(foyda)dan ishlab chiqarish ehtiyojlarini hamda xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan turli xil fondlar tuziladi. Bu fondlarning mablag‘lari asosiy vositalar va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va joriy etishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va shu kabi markazlashmagan tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, davlatning ixtiyorida (davlat byudjeti va davlatning maqsadli fondlarida) markazlashgan tarzda shakllangan moliyaviy resurslar markazlashgan fondlarni, xo‘jalik sub’yektlari tasarrufida shakllangan resurslar esa markazlashmagan fondlarni tashkil qiladi. Shunday qilib, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish mexanizmiga ko‘ra moliya tizimining uchta muhim sohasini ajratib ko‘rsatish mumkin: • davlat moliyasi; • korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlari moliyasi; • uy xo‘jaliklari moliyasi. Davlat moliyasi tizimining tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin (4.2-rasm): Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq 40 bo‘lgan, yalpi ichki maxsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling