Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Moliya tizimining elementlari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
4.1-rasm. Moliya tizimining elementlari 
 
Davlat moliyasi (markazlashgan moliya) deganda yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash asosida tuziladigan pul 
mablag‘lari fondlarining shakllanishi va ishlatilishi yuzasidan kelib chiqadigan 
moliyaviy munosabatlar tushuniladi. Bu munosabatlar asosida davlat byudjeti, 
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari kabilar shakllanadi. Ularning 
mablag‘lari ta’lim (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, 
kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va shu kabilar), sog‘liqni saqlash 
(davlatga qarashli turli davolash-profilaktika muassasalari), aholini ijtimoiy 
himoya qilish tadbirlari (turli nafaqalarni to‘lash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish), 
ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti, bolalar va qariyalar uylarini saqlash), davlat 
Moliya tizimining elementlari 
Moliyaviy 
munosabatlarning 
sohalari va 
bo‘g‘inlari yig‘indisi 
Moliyani boshqarish 
organlari yig‘indisi 
Pul mablag‘lari 
fondlari yig‘indisi 
Markazlashish darajasiga 
ko‘ra 
Xarakteriga ko‘ra 
markazlashgan 
markazlashmagan 
tarmoqqa tegishli 
hududiy 
maqsadli dasturlarni 
bajarishga 
mo‘ljallangan 
byudjet fondari 


39 
hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash va boshqa shu kabi davlat 
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi.
Markazlashmagan moliya xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklariga tegishli 
pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni 
aks ettiradi. Bu sub’yektlarning ixtiyorida barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab 
bo‘lgandan keyin qolgan daromad(foyda)dan ishlab chiqarish ehtiyojlarini hamda 
xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan turli xil 
fondlar tuziladi. Bu fondlarning mablag‘lari asosiy vositalar va aylanma 
mablag‘larni to‘ldirishga, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va joriy 
etishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va shu kabi markazlashmagan 
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida 
shuni xulosa qilish mumkinki, davlatning ixtiyorida (davlat byudjeti va davlatning 
maqsadli fondlarida) markazlashgan tarzda shakllangan moliyaviy resurslar 
markazlashgan fondlarni, xo‘jalik sub’yektlari tasarrufida shakllangan resurslar 
esa markazlashmagan fondlarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish mexanizmiga 
ko‘ra moliya tizimining uchta muhim sohasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• 
davlat moliyasi; 
• 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan xo‘jalik 
sub’yektlari moliyasi; 
• 
uy xo‘jaliklari moliyasi. 
Davlat moliyasi tizimining tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin 
(4.2-rasm): 
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi 
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan 
ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat 
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq 


40 
bo‘lgan, yalpi ichki maxsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash 
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling