Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Turli davr va iqtisodiy maktablar namoyandalarining davlat moliyasiga 
oid nazariyalarining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
2. Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining moliyaviy jihatlari 
nimalardan iborat? 
3. Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi nimalarni o‘z ichiga 
qamrab olgan? 
4. Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari nimalarni o‘z ichiga 
qamrab olgan? 
5. Yangi klassik nazariyalarning moliyaviy jihatlari nimalardan iborat? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1. Turli davr olimlarining davlat moliyasini shakllanishi va rivojlanishiga 
oid nazariyalarining asosiy yo‘nalishini qamrab oluvchi sistemali jadvalni 
shakllantiring 
2. Turli davr olimlarining davlat moliyasi to‘g‘risidagi ilmiy va nazariy 
qarashlari o‘rtasidagi farqlar va ularning evolyutsiyasiga oid sxema va chizmalarni 
tuzing 
3. Mamlakatimizda 
davlat 
moliyasi 
to‘g‘risidagi 
nazariyalarning 
rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion chizmalarni shakllantiring. 


36 
4-BOB. DAVLAT MOLIYASI TIZIMI 
 
4.1.Davlat moliyasi tizimi, uning tarkibi va tuzilishi 
 
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamg‘armalarining tashkil etilishi
taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat 
moliyasining mablag‘lari umummilliy manfaatlar yo‘lida sarflanadi, davlatning 
funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamg‘armalari, moliya 
mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy 
(munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), 
hukumatga qarashli maxsus jamg‘armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va 
qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi. 
Birinchi marta “Davlat moliyasi” atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila 
boshladi. O‘sha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik 
davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga 
ehtiyoj o‘sdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig‘ib 
olinadigan bo‘ldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan 
almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi. 
Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga 
oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U xalqning moddiy va manaviy 
turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablag‘ bilan taminlash, 
mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish, xalq xo‘jaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, 
iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni 
taminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda etakchi vosita hisoblanadi. Mavjud 
barcha korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya 
tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir. 
“Davlat moliyasi tizimi” atamasiga murojaat qilishdan avval “tizim” degan 
tushunchaga oydinlik kiritaylik. Turli lug‘atlarda “tizim” so‘ziga “vazifasi 


37 
jihatidan bir turdagi tashkilotlar yig‘indisi, yoki tashkiliy jihatdan birlashtirilgan 
muassasalar yig‘indisi, yoki ijtimoiy tuzum shakli” deb ta’riflar berilgan. 
Moliya tizimi ko‘proq “moliyaviy tashkilotlar yig‘indisi”, “turli xil moliyaviy 
munosabatlar yig‘indisi”, “moliyaviy bozorlar yig‘indisi” sifatida qaraladi. Lekin 
bu ta’riflar vazifa “jihatidan umumiy bo‘lgan va tashkiliy jihatdan yaxlit birlikka 
uyushgan” degan majburiy talablarga javob bermaydi.
Yuqoridagi bobda ta’kidlanganidek, moliya iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni 
aks ettiradi, bu munosabatlar turli shaklda namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Masalan, korxonalarda foydaning shakllanishi va ishlatilishi, 
davlatning qo‘lida soliqlar va boshqa tushumlar evaziga pul fondlarining 
to‘planishi va taqsimlanishi, aholi daromadlarining shakllanishi va ishlatilishi – 
bularning barchasi moliyaviy munosabatlarning namoyon bo‘lish shakllaridir. 
Lekin bu munosabatlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir sohalar 
bo‘yicha guruhlash mumkin. Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi esa qator 
bo‘g‘inlardan iborat. 
Davlat boshqaruvining turli pog‘onalarida (markaziy va mahalliy darajada) 
hamda xo‘jalik yuritishning turli sohalarida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, 
ishlar bajarish) sodir bo‘ladigan ko‘pqirrali moliyaviy munosabatlarning sohalari 
va bo‘g‘inlari yig‘indisi mamlakat moliya tizimini tashkil qiladi. 
Bir turdagi iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini tashkil qilar ekan, 
moliya tizimi quyidagi o‘zaro bog‘liq elementlardan iborat: 
• moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisi; 
• har bir bo‘g‘inning ichida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari yig‘indisi; 
• moliyani boshqarish organlari yig‘indisi (4.1-rasm). 
Moliya tizimining muhim elementlaridan biri moliyaviy munosabatlarning 
sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisidir. Bu munosabatlar bir-biridan farq qiladi, lekin 
shu bilan birga, ular bir qator umumiy xususiyatlarga egaki, bu holat ularni alohida 
guruhlarga (bo‘g‘inlarga) birlashtirish imkonini beradi.  


38 
Iqtisodiy sub’yektlar daromadlarining shakllanish usullariga ko‘ra moliya 
tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat: 
• davlat (yoki markazlashgan) moliyasi; 
• xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklari (yoki markazlashmagan) moliyasi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling