Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-jadval MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati
5.1-jadval
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot № MDHdavlatlari Byudjet kodeksining mavjudlik holati 1. Armaniston mavjud emas 2. Belorussiya mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan 3. Moldaviya mavjud emas 4. Ozarbayjon mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 5. Rossiya mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan 56 6. Tojikiston mavjud emas 7. Turkmaniston mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 8. Ukraina mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan 9. Qozog‘iston mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan 10. Qirg‘iziston mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 11. O‘zbekiston mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan Yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘zgartirishlar va yangiliklar ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida joriy etilgan bo‘lib, ularda mamlakatimiz byudjet tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 5.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi yengilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar soliq mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 2007-yilgacha amalda bo‘lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‘lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga ko‘pgina yo‘riqnoma, nizom va tartiblar ham qo‘llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‘zgartirishlar kiritilishi va soliq normalarining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‘lovchilarning haqli e’tiroz- lariga sabab bo‘lardi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma’qullanib, Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran 57 kuchga kirdi. Kodeksda ko‘zda tutilgan me’yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‘lgan hollarda esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini takomillashtirish bo‘yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘- mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo‘lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq kodeksining 79 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha belgilangan muddatning ikkinchi yilida, ya’ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma’qullandi hamda Prezident tomonidan imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq etila boshlandi 6 . Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling