Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi Respublika byudjeti
9.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining
tarkibi 52 52 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 7-bob, 46-modda asosida. Konsolidatsiyalashgan byudjet Davlat byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar Davlat maqsadli jamg’armalari Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi Respublika byudjeti 162 − Davlat byudjeti; − davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari; − O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning ham ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Bu hol ular daromadlarining shakllanish ko‘lamlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, maqsadli jamg‘armalar daromadlari ohirgi yillarda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining o‘rtacha 33,7 – 35,7 foizni tashkil qilgan. Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan byudjetdan tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan, davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi “ijtimoiy sug‘urta fondi” negizida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuzilgan. Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat byudjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda “nobyudjet fondlar” yoki “byudjetdan tashqari fondlar” deb yuritilgan. Shuningdek, Byudjet kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishigacha bo‘lgan oxirgi o‘n yilliklar davomida “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg‘armalarning davlat byudjetida konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab berildi va ular byudjet nazariyasi va amaliyotida “davlat maqsadli jamg‘armalari” degan umumiy nom oldi. Lekin jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish manbalari va ishlatish yo‘nalishlari hukumatning tegishli qarorlari bilan belgilab qo‘yilgan, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tasarrufidagi fondlar ham bugungi kunda davlatning ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va ularga nisbatan adabiyotlarda “maqsadli fondlar” iborasi qo‘llanilmoqda. 163 Bugungi kunda konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg‘armalari qatoriga quyidagi jamg‘armalar kiradi: − O‘zbekistonRespublikasiMoliyavazirligihuzuridagibyudjetdantashqariPensi yajamg‘armasi; − Davlatmulkinixususiylashtirishdantushganmablag‘larjamg‘armasi; − O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi. 2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ko‘zda tutila boshlandi. Mazkur jamg‘arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan. Byudjet nazariyasi va amaliyoti bir joyda qotib turmaydi, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir davrning rivojlanish ustuvorliklari, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi, takomillashib boradi. Xususan, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish 53 maqsadida “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilindi. 53 “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847-sonli (18.03.2017) Qarori 164 Bugungi kunda ushbu qayta tashkil etilgan jamg‘armaning mablag‘lari 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli tadbirlar va dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar halqaro doirada quyidagicha farqlanadi: - rivojlanish mablag‘lari: odatda, donorlik hissasini qo‘shadigan va ba’zan ichki manbalar (masalan, xususiylashtirish tushumlari), masalan, ijtimoiy fondlar, atrof-muhit fondlari va tarmoq fondlari kabi rivojlanish dasturlarini qo‘llab- quvvatlash uchun yaratilgan mablag‘lar; - investitsiya jamg‘armalari: muayyan investitsiya maqsadlari bilan tashkil etilgan va qimmatbaho qog‘ozlar, obligatsiyalar, mol-mulk, qimmatbaho metallar yoki suveren fondlar kabi boshqa moliyaviy aktivlardan tashkil topgan mablag‘lar; - shartli (zaxira) mablag‘lar: favqulodda vaziyatlar uchun kutilgan mablag‘lar yoki kutilmagan xarajatlar; - barqarorlik jamg‘armalari: daromadlarni hukumat va iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish maqsadida tashkil etilgan mablag‘lar, masalan, neftni barqarorlashtirish fondi; - Jamg‘arma mablag‘lari: kelajak avlodlar uchun, masalan, neftni tejash jamg‘armalari kabi boylik do‘konini yaratishga intiladigan mablag‘lar; - Moliyalashtirishni moliyalashtirish: neftni moliyalashtirish jamg‘armalari kabi neft va boshqa resurslardan olinadigan daromadlardan foydalangan holda muntazam xarajatlarni emas, balki umumiy byudjet balansini moliyalash uchun foydalaniladigan mablag‘lar; - Konventsiyaning mablag‘lari: donorlar yordamining (shu jumladan noqonuniy) oqimlari bilan bog‘liq mablag‘lar, tegishli donorlar talablarini inobatga olgan holda muayyan tartib-qoidalar asosida boshqariladi; - Qaytariladigan mablag‘lar: tovarlar va xizmatlar uchun ajratilgan mablag‘lar va kreditlash operatsiyalari bilan to‘ldirilgan mablag‘lar va uning daromadi uning davom ettiradigan operatsiyalarini moliyalashtirish uchun mavjud 165 bo‘lib qoladi, aks holda byudjet mablag‘lari to‘lashni talab qiladigan byudjet qoidalari bilan xavf tug‘diradi; - Savdoni moliyalashtirish: o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyili bo‘yicha hukumatning savdo faoliyatini moliyaviy mexanizmni ta’minlash uchun tashkil etilgan mablag‘lar; - mablag‘larni jamg‘arish: davlat yoki hukumat tomonidan to‘plangan mablag‘lar, odatda qarzni to‘lash uchun soliq, majburiyat yoki majburiyatlardan kelib chiqadi; - Har xil byudjetdan tashqari hisobotlar, shu jumladan maxfiy mablag‘lar: vazirlik va idoralar tomonidan olib boriladigan, ko‘pincha vazirlar va tayinlangan mansabdor shaxslardan foydalanish uchun 54 . Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling