Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

14.3. Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini 
oshirish 
XXasrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar milliy 
iqtisodiyotining 
o‘sishi 
ahamiyatli 
darajada 
innovatsiyalar 
natijasida 
ta’minlanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya va Germaniyada 
innovatsiyalarga har yili mamlakat YAIMining 2,5-2,8 foizi, Fransiya va Buyuk 
Britaniyada – 2,3-2,4 foizi yo‘naltiriladi.
Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, barqaror iqtisodiy 
o‘sishga erishish uchun iqtisodiyotda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi 
korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish va texnik yangilash kerak boladi. Bunga ayniqsa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim 
ahamiyatga ega.
Transmilliy kompaniyalarning global ishlab chiqarish, daromad me’yori va 
hajmini ko‘paytirishga intilishi investor mamlakatlar uchun kapitalni chiqarishda 
asosiy 
harakatlantiruvchi 
kuch 
hisoblanadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalarni qabul qiluvchi retsipiyent mamlakat uchun esa investitsiyalarni 
jalb etishdagi asosiy motiv – bu iqtisodiy rivojlanish uchun ichki resurslar yoki 
mablag‘larning cheklanganligidir. Retsipiyent mamlakat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


313 
xorijiy investitsiyalarning asosiy ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini 
topadi: 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kapital to‘planishining qo‘shimcha 
manbasi sifatida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtiradi va iqtisodiyotni tarkibiy 
qayta qurishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi boshqa shakldagi kapital importi, 
ya’ni portfel investitsiyalar va bank ssudalarining kirishini rag‘batlantiradi; 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi ular ishtirokida tashkil etilgan 
korxonalarning eksport va import operatsiyalari hisobiga mamlakat tashqi iqtisodiy 
faoliyatini rag‘batlantiradi; 
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi mamlakatga yangi texnika va 
texnologiyalar kirishini rag‘batlantiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali yuqori 
malakali ishchilarga bo‘lgan talabni oshiradi. 
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga 
investitsiyalarni jalb qilish va shu asosda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda turlicha yondashuvlar mavjud, biroq ular bir-biridan 
jiddiy farq qilmaydi. Bu davlatlarda innovatsion iqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
maqsadlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan: 
− rivojlanish jihatidan orqada qolayotgan mintaqalarda iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash; 
− markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining katta qismini mahalliy boshqaruv 
tizimi zimmasiga yuklash; 
− yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning to‘planishini cheklash; 
− yangi o‘zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va 
ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirish. 
Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanish modeli va xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish tajribasi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi xususiyatlar undagi demografik 
vaziyatning o‘ziga xosligi, qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi yuqori ahamiyati, 


314 
qayta ishlash sanoatining kam taraqqiy etganligi, uning agrar-industrial mamlakat 
ekanligi, o‘ziga xos ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tafsiflanadi. 
Bu mamlakatning innovatsion iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishda erishgan yutuqlari esa ko‘p jihatdan uning mintaqalarida qulay nvestitsiya 
muhitining yaratilganligiga bog‘liq. Xitoyda ishchi kuchi qiymatining arzonligi, 
yerdan foydalanish, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital uchun keng ko‘lamli 
imtiyozlar, ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning rivojlanganligi va boshqa xolatlar bu 
mamlakatning so‘nggi yillar ichida xorijiy investorlar uchun kapital kiritish obyektiga 
aylanishiga olib keldi. 
Xitoyda shakllangan boj belgilash tartibi, rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar 
va valyuta qonunchiligi xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga qulay imkoniyatlar 
yaratdi. 
Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida 
ahamiyatga ega. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan uzoq muddatli mintaqalarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya 
tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga 
qo‘shildi.
Yaponiyaning investitsiya siyosati yer va tabiiy resurslarning cheklanganligini, 
kishilar faoliyatini tabiiy sharoitlarga moslashtirish zaruriyatini, mamlakat turli 
hududlari aholisining turmush darajasidagi farqlarni kamaytirish talablarini hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning maqsadga muvofiq 
mexanizmini izlab topishda nisbatan qisqa davr mobaynida iqtisodiy rivojlanishda 
ulkan natijalarga erishgan rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan 
mamlakatlar tajribasi alohida diqqatga sazovordir. Jahonning rivojlangan 
davlatlaridan farqli ravishda, bu mamlakatlar tajribasi shunisi bilan qiziqish 
uyg‘otadiki, ular avvalda rivojlanish darajasi bo‘yicha O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan 
holda, faol investitsiya siyosatini amalga oshirishda katta ijobiy natijalarga erishdilar. 
Xitoyda investitsiya siyosati islohotlari va bozor mexanizmlari iqtisodiy 
rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha amalga oshirildi, iqtisodiyotning “qizib” 


315 
ketishi bosqichida tartibga solishning ma’muriy metodlaridan ko‘proq foydalanildi. 
Xitoy “iqtisodiy g‘aroyiboti” bir qancha tayanch momentlarga asoslanadi: qishloq 
xo‘jaligini isloh qilish, soliqlarni kamaytirish, davlat xarajatlarini qisqartirish, erkin 
iqtisodiy hududlarni tashkil etish (eksportni erkinlashtirish). Xitoy ma’muriyati hali 
jahon iqtisodiy amaliyotida kuzatilmagan soliq yukini - 1979 yildagi YaIMga nisbatan 
30,4 foizdan 1996 yilda 10,3 foizgacha kamaytirishni amalga oshirdilar. Bu salbiy 
makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelmadi, chunki shu vaqtning o‘zida barcha davlat 
xarajatlari 36,4 foizdan 13,1 foizgacha qisqarib bordi
142

Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir. 
Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishning me’yordan ortiq o‘sib borishiga qarshi 
kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan 
jihozlarni sotib oladigan bo‘lsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga to‘lanadigan soliqdan 
ozod bo‘lish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
90-yillar oxirlarida, YAIMning o‘sish sur’atlari tushib ketganida hukumat 
davlat g‘azna majburiyatlarini emissiya qilish orqali investitsiya faolligini 
rag‘batlantirishga kirishdi. 1998-2002-yillar mobaynida mazkur vosita yordamida 
80,5 mlrd. AQSH doll. jalb qilindi, ya’ni, irrigatsiya inshootlarini, avtomobil 
yo‘llarini, aeroportlar, don saqlash omborlarini qurishga, o‘rmonlarni yaratish va 
qisman davlat korxonalarini modernizatsiyalashga sarflandi. 
Hindiston investitsiya siyosati samaradorligi to‘g‘risida 4,1 ga teng bo‘lgan 
global raqobatbardoshlikning yuqori indeksining (Yegipet, Xorvatiya va Chexiya 
darajasi), va shuningdek so‘nggi yillarda tayyor maxsulotlarning ¾ qismini tashkil 
etuvchi eksport tarkibining yaxshilanishi dalolat beradi. 
Iqtisodiy va investitsiyaviy faollikning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha Hindiston 
dunyoning rivojlanayotgan davlatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 
YAIMning o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2000-2004-yillarda (jahondagi rivojlanayotgan 
davlatlar bo‘yicha 4,5 foiz darajasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan) 5,7 foizni, 
yalpi investitsiyalar esa (5,2 foizga nisbatan) 7,7 foizni tashkil etadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling