Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mamlakatda investitsion muhitni shakllantirish mexanizmlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
14.4. Mamlakatda investitsion muhitni shakllantirish mexanizmlari Ma’lumki, 2019-yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatning rivojlanishini yanada barqarorlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini ta’minlashdan iborat. Iqtisodiyotni innovatsion faoliyatni amalga oshirish orqali rivojlantirishning zaruriyati nafaqat mazkur yil dasturi doirasida, balki jahon mamlakatlari miqyosida shakllantiriladigan innovatsion indeksda munosib o‘rin olish bilan ham belgilanadi, desak xato bo‘lmaydi. Mamlakatlarning innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan inson kapitali bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Jumladan, eksport mahsulotlarining tarkibi, sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligi kabi omillar muhim hisoblanadi. O‘zbekistonning savdo balansiga e’tibor qaratsak eksport va import miqdori mos ravishda 5,4 mlrd va 8,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Buning natijasida savdo balansining salbiy farqi 2,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi 143 .Mazkur holatning shakllanishi sharoitida mamlakatimizdan chetga valyuta oqimining kuchayib borayotganligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur holat milliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali ijobiy farqqa erishish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Buning uchun albatta, ilmiy 143 O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi 2018, I yarim yillik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2018. 320 sig‘imkorlikka asoslangan raqobatbardoshlikni ta’minlab beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-sentyabrdagi “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli farmonining qabul qilinishi mavjud muammolarning bartaraf etishga qaratildi. Mazkur farmonda bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab berildi. Iinovatsiyalarni moliyalashtirish mexanizmi va hajmini optimallashtirish, inson kapitalini rivojlantirish kabilar shular jumlasidandir. 2021-yilga qadar tadqiqotlarni davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,8 foizga etkazish belgilangan. Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkichning 0,3 foiz ekanligini inobatga olsak, uning 0,5 foiz punktga oshirilishiga keyingi ikki yil davomida erishilishi sohada keskin moliyaviy o‘zgarishlar bo‘lishiga ishora bo‘lmoqda. Innovatsion indeksda etakchi mamlakatlar qatorida bo‘lgan davlatlarda 1,5-2 foiz, ba’zilarida 3-3,5 foiz atrofida ekanligini kuzatish mumkin. Shu nuqtai nazardan, bu sohada nafaqat byudjet mablag‘lariga tayanish, balki byudjetdan tashqari mablag‘lar jalb etishda xususiy biznes vakillari manfaatdorligini oshirish o‘zining samarasini beradi, deb hisoblaymiz. Innovatsiyalarning yuzaga kelishi bilimlar hamda ularni amaliyotga qo‘llash bilan bevosita bog‘liq ekanligi markaziy o‘rinni egallaydi. Bizningcha, yangi g‘oyalarni innovatsiyalar sifatida qabul qilish uchun innovatsiyaning o‘lchov mezonini aniqlash va uni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. Bu albatta innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish uchun iqtisodiy baholashga shart-sharoit yaratadi. Innovatsion faoliyatga asoslangan o‘zgarishlar asosida iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni farqli jihatlarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, iqtisodiy o‘sish – ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarish va iste’molning ko‘payishi o‘zaro uyg‘unlikda yuz berishini qayd etadi. Iqtisodiy rivojlanishni esa, ma’lum bir innovatsiya asosida iqtisodiy o‘zgarishning yuzaga kelishi bilan izohlab beradi. 321 Shuningdek, innovatsiyalar orqali ishlab chiqaruvchilar samarali raqobat ustunligiga ega bo‘lishi mumkinligini alohida qayd etib o‘tadi. Innovatsiyalarga iqtisodiy rivojlanishga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shish bilan birga, birinchidan, innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larning asl nusxalari yaratuvchida qolib, iste’molchiga uning nusxasi sotiladi. Ikkinchidan, cheklangan resurslar sharoitida cheklanmagan inson salohiyati resursidan foydalanish imkoni shart-sharoit yaratiladi. Natijada, innovatsion faoliyatning rentabellik darajasi sezilarli darajada ortib, ilmiy sig‘imkorlik oshib borgan sari tannarxning kamayib borish tendentsiyasi yuzaga kelishiga imkoniyat yaratiladi. Umuman olganda, innovatsiyalar degan savol o‘rtaga qo‘yilganida ko‘p sonli mutaxassislar uni yangilik bilan bir xil ekanligini qayd etishadi. Innovatsiyalar bilan yangilik o‘rtasida sezilarli darajada farqlar mavjud. Jumladan, innovatsiya degan maqomga ega bo‘lishi uchun, avvalo, yangi g‘oya quyidagi talablarning ko‘p qismiga javob berishi shart, deb hisoblaymiz 144 : − vaqtning tejalishi; − xarajatlarning kamaytirilishi (resurslarni tejashi); − ekologik holatga salbiy ta’sir etmasligi. 2017-yilda e’lon qilingan Xalqaro innovatsion indeksning umumiy reytingida O‘zbekiston qayd etilmagan bo‘lmasa-da, subko‘rsatkichlardan birida ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, oliy ta’limda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarning ulushi bo‘yicha dastlabki beshta iqtisodiyotning ikkinchisi sifatida qayd etib o‘tildi. Umuman olganda, 2017-yilda mazkur indeks oziq-ovqat xavfsizligi nuqtainazaridan ishlab chiqildi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga qilingan xarajatlarga e’tibor qaratsak eng ko‘p mablag‘ sarflash bo‘yicha Hindiston 3,857, Koreya Respublikasi 1,521, Xitoy 1,149, Niderlandiya 1,145 va Avstraliya 0,842 ming. AQSh dollari miqdorida mablag‘larni yo‘naltirmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling