Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Davlat moliyasi barqarorligini oshirish masalalari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
17.2. Davlat moliyasi barqarorligini oshirish masalalari Milliy iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida islohotlarning davlat iqtisodiy siyosatiga ta’siri nafaqat iqtisodiy siyosatni erkinlashtirishda, balki moliya tizimini institutsional o‘zgartirish uchun globallashuv oqibatlarini hisobga olishda ham namoyon bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning aniqligini ta’minlovchi moliyaviy tizimning institutsional tarkibini yaratish davlat siyosatining muhim unsuri hisoblanadi. 383 Bunda davlat moliyasini isloh etish, bu moliyani tartibga solish va nazorat qilish organlari tomonidan belgilanadigan muayyan axborotdan foydalanishni nazarda tutuvchi erkin moliya bozori faoliyat ko‘rsatishi muhim shart hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini ta’minlagan hamda moliyaviy barqarorlikka erishgan islohotlar hozirgi davrda davlat moliyasi va ayniqsa, byudjet tizimi barqarorligini mustahkamlashda muhim strategik vazifalar qatorida namoyon bo‘lmoqda/ Davlat moliyasi rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining katta qismini qayta taqsimlash vositasi hisoblanadi: Yaponiyada – 1/3, Frantsiya, Niderlandiya, Norvegiyada – 1/2, Shvetsiyada – 2/3, Rossiyada – 1/32, O‘zbekistonda ham davlat moliyasining asosiy daromadlari va shunga mos ravishdagi xarajatlari aynan Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Qolgan qismi esa byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari hissasiga to‘g‘ri keladi3. Shuning uchun ham Davlat moliyasi tizimida Davlat byudjeti uning markaziy va asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi 181 . Iqtisodiyotning ulushi bozor orqali, shu jumladan talab va taklifni hisobga olgan holda moliyaviy bozor orqali shakllanadigan bozor xo‘jaligi sharoitida byudjet siyosati moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash iqtisodiy vositasi sifatida o‘z ta’siri sohasini qisqartirishiga qaramasdan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi. Davlat moliyasi tizimida yagona yondashuv, byudjet islohotlarining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqishdagi moliyaviy strategiyani shakllantirish va milliy byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishda uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish taqozo qilinadi. Bunda davlat moliya tizimining istiqbolli maqsadlari uning joriy byudjet ehtiyojlari, barcha bo’g’indagi hokimiyatning byudjet vakolatlari va javobgarlik darajasi bilan bog’lanish va mamlakat milliy byudjet mulkini boshqarish, foydalanish va taqsimlash g’aznachilik tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradi. Davlatning moliyaviy-iqtisodiy tuzilmalarini isloh qilish 181 T.SH. Eshnazarov “Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish va uni rivojlantirish omillari” “Iqtisod va moliya” jurnali №2 2012 yil 51-b. 384 jarayonida axborotning ahamiyati doimiy o’sib boradi va tashkil qilinayotgan yagona telekommunikatsion tarmoqlar davlat boshqaruv organlari, viloyat, shahar va tumanlarni yaxlit majmuaga bog’laydi. Bu, davlat byudjet tizimini kompleks monitoring va iqtisodiy tashxislash imkonini berib, davlat g’aznachiligining bo’limlari oldida turgan vazifalarni samarali hal qilishga xizmat qiladi. O’z navbatida, davlat moliyaviy jarayonlariga yagona axborot makonini joriy etish, undan samarali foydalanish uning, huquqiy himoyalash ob’ektlarini belgilab beruvchi, kontseptual asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi 182 . Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi 183 , xususan: birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi; Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling