Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
birinchidan,mehnatgahaqto‘lashfondigasoliqyukiquyidagilarorqalikamaytiril
ishi ko‘zda tutilgan: 387 - barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda, ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi; - fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish; - pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida belgilash, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasini 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish; ikkinchidan, oborot (tushum)dan soliqlarni optimallashtirgan holda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi: - davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish; - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish; - dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish; 388 - o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda, yillik oborot (tushum)ning 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi; - barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish; - qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish; uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibib o‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirishchoralariquyidagilarorqaliamalgaoshiriladi: − yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan ilgari xususiylashtirilgan obyektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun oshirilgan stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda, 5 foizdan 2 foizga pasaytirish; − yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lash imkoniyatini belgilash; − yagona yer solig‘i to‘lovchilar uchun soliq solish tartibini saqlab qolish. to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi: − qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy etish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasi miqdorini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish; 389 − hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish; − tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika byudjetiga o‘tkazgan holda, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aktsiz va yig‘imlarni birlashtirish. - O’tgan davr mobaynida soliq yukini kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va teng raqobat sharoitini yaratish, investorlar uchun uzoq muddatga mo’ljallangan soliq siyosatini belgilash natijasida tadbirkorlik sub’ektlariga soliq stavkalari pasaytirilib, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizga, foyda solig’i 14 foizdan 12 foizga, dividend solig’i 10 foizdan 5 foizga kamaytirildi. Byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar esa bekor qilindi. Soliq solish tizimi soddalashtirilib, soliq turlari 19 tadan 15 taga qisqartirildi, yagona ijtimoiy to’lov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisobotlari birlashtirildi, qo’shilgan qiymat solig’i hisobotining 9 ta ilovasi 5 taga tushirildi, hisobvaraq- faktura shakli soddalashtirildi. Natijada joriy yilning birinchi yarmi uchun belgilangan byudjet daromadlarining prognoz ko’rsatkichlari 108,4 foiz bajarildi, o’sish sur’ati 161 foizni tashkil etdi. Soliq qarzi yil boshiga nisbatan 1,1 trln. so’mga kamaydi. - Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar soni yil boshiga nisbatan 6 barobarga ko’payib, joriy yilning 1 iyul holatiga 41,7 mingtaga etdi va buning natijasida 11,2 trln. so’m tushum ta’minlandi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 trln. so’mga (187,7 foiz) o’sdi. Davlat soliq qo’mitasining rasmiy veb-saytida ro’yxatga olingan alohida guvohnoma joriy etilishi hisobiga 48 mingta soliq to’lovchiga guvohnoma berildi. Natijada tadbirkorlik sub’ektlariga biznes yuritishda boshqa sub’ekt bilan shartnoma yoki bitim tuzishdan oldin ushbu sub’ektning qo’shimcha qiymat solig’i to’lovchisi sifatida ro’yxatga olinganini tekshirish imkoni yaratildi. 390 Fermer xo’jaliklari buxgalteriya hisobini yuritishi uchun alohida dasturiy mahsulot yaratilib, ular tajriba sinovidan o’tkazilmoqda. Joriy yilning olti oyida 55,5 mingta tadbirkorlik sub’ekti yangidan tashkil etilgan bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 27,1 mingtaga (195,4 foiz) ko’paygan. - Alohida e’tirof etilganidek, soliq organlarining eskicha ishlash printsipidan voz kechilib, ularni tekshirish o’tkazib katta miqdorda jarima qo’llaydigan emas, oldindan profilaktika qilish, servis xizmati ko’rsatadigan organga aylantirish maqsadida soha xodimlarining malakasini oshirish, “aqlli soliq yig’ish”ga o’tish ishlari boshlandi. Tizim shaffofligini ta’minlash uchun faoliyatni baholashning asosiy mezonlaridan biri – soliq to’lovchilarning ko’rsatilayotgan xizmatlardan rozilik (qoniqish) darajasi kiritildi. Soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish zallarida “elektron navbat” tartibi ishlab chiqildi. - Hukumat soatida bu borada erishilayotgan natijalar bilan bir qatorda sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammo va echilishi lozim bo’lgan masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, deputatlar Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning to’liq va o’z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida unda belgilab berilgan va ijrosi kechiktirilayotgan qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid muhim bandlarni bajarish yuzasidan aniq “yo’l xaritasi”ni ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga taqdim etish, shuningdek, Harakatlar strategiyasi asosida soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni yanada izchil, tizimli davom ettirish kabi muammoli holatlar yuzasidan bir qator savollar bilan murojaat etdilar. - Deputatlarning fikricha, davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq to’lovchilarning, shu jumladan, qo’shilgan qiymat solig’i va yuridik shaxslarning foyda solig’ini hisoblab chiqish hamda to’lash bo’yicha malakasini muntazam oshirib borishi, soliq hisobotini soddalashtirish, uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan tezkor integratsiyalashuvini, byudjet tizimi byudjetlarining prognoz parametrlari 391 bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo’shimcha choralar ko’rishi kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling