Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

8-BOB. DAVLAT BYUDJETI 
 
8.1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari 
 
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.Davlat byudjetining 
mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‘nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari 
bo‘lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlar. Masalan, nomi keltirilgan o‘quv 
qo‘llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning 
qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) 
mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) 
munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon 
bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”
18
, - deb izohlangan. 
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga 
nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems”
19
nomli qo‘llanmada 
keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib 
borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‘z xatti-harakatlari uchun 
javobgarlik 
va 
mas’uliyatga 
chaqirishga 
bo‘lgan 
intilish 
bilan 
bog‘liq”
20
.“Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va 
imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin”
21

Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyatini yoritishda uning: 

iqtisodiy kategoriya sifatida; 

moddiy tushuncha sifatida; 

huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan 
(8.1-rasm). 
 
 
18
Malikov T.S., Xaydarov N.H.Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma– T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5-b. 
19
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. 
20
White,M.(1978). Budget policy: where does it begin andend?GovernmentalFinance,7, 2-9. Credits
W. F.Willoughby's The problemofa nationalbudget (1919) with anearly statement ofbudgetingasa process for 
holding government accountable. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling