92
8.1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyati
22
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti –
davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning
faol qismi bo‘lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta
taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo‘lib, ular
natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa, davlat boshqaruvi va
boshqa davlat ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi – davlat
byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli
darajadagi mahalliy hokimiyatlar faoliyatini ta’minlovchi,
ular oldidagi siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan markazlashti-
rilgan pul mablag‘lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab
chiqiladigan va belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag‘lari
fondini shakllantirish,
taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi asosiy
moliyaviy reja,
yuridik
22
Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 102-bet.
moddiy
tushuncha
sifatida
markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari
tomonidan ishlab chiqiladigan
va belgilangan tartibda
tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag‘lari fondini
shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi
asosiy moliyaviy reja,yuridik xujjat
Do'stlaringiz bilan baham: