Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm.Soliqlarlarning turli mezonlarga ko‘ra guruhlanishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
8.5-rasm.Soliqlarlarning turli mezonlarga ko‘ra guruhlanishi
36 To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari 36 Nurmuxamedova B. Davlat byudjeti. O‘quv qo‘llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA". 2018. 210-bet. Soliqlarlarningguruhlanishi Soliqqa tortish obyektiga ko‘ra Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra To‘g‘ri (bevosita) soliqlar Byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra Umumdavlat soliqlari To‘lovchisiga ko‘ra Yuridik shaxs- lar to‘laydigan soliqlar Oborotdan olinadigan soliqlar Daromaddan olinadigan soliqlar Mol-mulk qiy- matidan olinadigan soliqlar Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar Egri (bilvosita) soliqlar Mahalliy soliqlar Jismoniy shaxs- lar to‘laydigan soliqlar 115 ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojla- nishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovar- lar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak. Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan: AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan darak beradi. Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi. 116 Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi (8.6-rasm). Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling