Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
8.6-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning
byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra guruhlanishi 37 Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy havfsizlikni ta’minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo‘lishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik 37 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasi asosida. Soliq tizimi Umumdavlat soliqlari Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 1. Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq 2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq 3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 4. Aksiz solig‘i 5. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 7. Yagona soliq to‘lovi 8. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq 1. Mol-mulk solig‘i 2. Yer solig‘i 3. Yagona yer solig‘i 4. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im 117 shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlar daromadlilik darajasini tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar evaziga ham mahalliy byudjetlarning xarajatlari qoplanmasa, u holda subvensiya yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy byudjetlarning o‘z manbalari barqarorlashib, soliqlari hajmi ko‘payib borsa, respublika soliqlaridan ajratmalar berishning zaruriyati bo‘lmaydi. Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra belgi- lanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ijtimoiy masalalar – maorif, sog‘liqni saq- lash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin odatda bu soliqlar va yig‘imlar ular byudjetlari xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hukumatgina o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlar- ning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi. Ular hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. Byudjet kodeksining IVbo‘limi “Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari” deb nomlanadi, uning 9-bobi50-“Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish” deb nomlanadigan moddasida davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‘rsatilgan (8.7-rasm). Byudjet kodeksining 51-moddasida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; - yagona soliq to‘lovi; 118 - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; - qo‘shilgan qiymat solig‘i; - aktsiz solig‘i; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling