Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.8-rasm. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining holati
8.5. Davlat byudjetining holatlari
Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo‘jalik subyektlari va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko‘payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko‘ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo‘q, aksincha, byudjet tomonidan moliyalashtirilishi obyektiv zaruriyat bo‘lgan, mohiyat jihatidan yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularni to‘liq hajmda moliyalashtirish yanada ko‘proq mablag‘larni jalb qilishni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy subyektlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan balanslangan bo‘lishiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. 134 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida davlat byudjetining holatini belgilab beruvchi tushunchalarga quyidagicha ta’riflar berilgan 41 : Davlat byudjeti daromadlarining byudjet xarajatlaridan oshish holati yuzaga kelganda, byudjet profitsiti paydo bo‘ladi. Byudjet profitsiti, odatda, davlatning qarz majburiyatlarini to‘lashga va likvidli mablag‘larini ko‘paytirishga jalb etiladi. 8.8-rasm. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining holati Sobiq Ittifoqdama’muriy-buyruqbozlikyillarida davlat byudjeti taqchilligi uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida tan olinmagan. 41 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi (O‘RQ-360-son. 26.12.2013). 3-modda. Dunyoning ko’pgina mamlakatlaridaharyilgi taqchillikning va tez o’sib boruvchi davlat qarziningmavjud bo’lishi kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining YaIMga nisbatan foiz hisobida o’sgan davlatlar bu ko’rsatkich pasayganmamlakatlarga nisbatan ko’pchilikni tashkil etgan. AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet taqchilligi bo’lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik yuzaga kelgan. Davlat byudjeti profitsiti– muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi. Davlat byudjeti taqchilligi – muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. 135 Davlatbyudjetini shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda, ularni moliyalashtirish uchun mablag‘lar qidirib topilardi va shu asosda davlatning moliyaviy manfaatlari ta’minlanardi. Rejali iqtisodiyot ma’lum davrlargacha hech qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma’muriy-buyruqbozlik asosida rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida “kasallik” alomatlarini aniq ko‘rsatmadi. Ammo, keyingi davrlarda (80-yillarning oxiriga kelib) sobiq Ittifoqda byudjet taqchilligi holati yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki yillardagi byudjet taqchilligi jamg‘arma kassalardagi aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘lar, uzoq muddatli hayot sug‘urtasi badallarining o‘sishi va aholi o‘rtasida davlatning ichki yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish (sotish) hisobiga qoplab borildi. Bu turdagi qarzlar oldindan mavjud bo‘lgan resurslarni qayta taqsimlash asosida amalga oshirilganligi uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib kelmadi, ammo bu jarayon davlat qarzlarining o‘sishiga olib keldi. 1986-yilda byudjet taqchilligining juda tez sur’atda o‘sib ketishi (45,5 mlrd. rubl) Ittifoq moliya tizimining parokandalik holatini boshlab berdi. Ammo byudjet taqchilligini favqulodda, mustasno hodisa deb qarab bo‘lmaydi. O‘zining tarixiy va iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu bosqichida byudjet taqchilligiga duch kelmagan davlat bo‘lmasa kerak. Masalan, AQSH da federal byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina taqchilliksiz ijro etilgan. Taqchillikning hajmi: − milliy valyutada absolyut summada; − mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; − milliy daromad hajmiga nisbatan; − byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling