Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
8.2-jadval
Davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarining tarkibi 40 (jamiga nisbatan foizda) Ko‘rsatkichlar 2014-y. 2015-y. 2016-y. 2017-y. 2018-y. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar 100 100 100 100 100 1. Ta’lim 57,4 57,8 57,5 60,4 56,6 2. Sog‘liqni saqlash 23,9 23,9 23,7 25,4 27,3 3. Madaniyat, sport 1,8 1,8 1,8 1,8 3,3 4. Fan 1,1 1,2 1,3 1,0 1,1 5. Ijtimoiy ta’minot 0,8 0,7 0,8 0,9 - 6. Oilalarga ijtimoiy nafaqalar 10,9 10,3 9,3 9,2 9,5 7. Jamoat ishlarini tashkil qilish - - - - 1,1 8. Qishloq joylarda uy-joylar qurishni hamkorlikda moliya- lashtirish uchun kredit liniyalari 4,1 4,3 5,6 1,3 1,1 Sog‘liqni saqlash xarajatlari ham davlatning ijtimoiy sohaning bu tarmog‘iga bo‘lgan e’tiborining ortib borishiga monand ravishda yildan yilga ko‘paymoqda va ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning o‘rtacha 24-27 foizini tashkil qilmoqda. Ijtimoiy xarajatlarning tarkibida 9-10 foizni tashkil qilib turgan “Oilalarga ijtimoiy nafaqalar” xarajat guruhi ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan oilalarga nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsion to‘lovlarni nazarda tutadi. Lekin bugungi kun voqeligi faqat ayrim fuqaro guruhlariga nafaqalar berishni nazarda tutuvchi passiv ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. 40 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisobot ma’lumotlari asosida keltirildi. manba: www.mf.uz 130 Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlarini ochish hisobidan aholi bandligini yanada oshirish, aholining muhtoj qatlamlari bandligini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017- 2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishida o‘z aksini topgan. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling