Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi. Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga
ko‘ra, byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi. Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir. Davlat byudjetining kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxo- na, tashkilot va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar kiradi. Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko‘ra, davlat byudjeti xarajatlari quyidagi guruhlar bo‘yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab qo‘yilgan): 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. 2. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. 3. Iqtisodiyot xarajatlari. 4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari. 6. Sudlarni saqlab turish xarajatlari. 127 7. Fuqarolarning o‘zini – o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari. 9. Boshqa xarajatlar. Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‘ra xarajatlar byudjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga ko‘ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishi- ga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‘lari maqsadli belgisiga ko‘ra xarajatlarning aniq turlari bo‘yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‘lari ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‘lash, joriy ta’mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) bo‘yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi. Hududiy belgisiga ko‘ra,byudjet xarajatlari umumdavlat va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‘linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda davlat byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek, shahar, tuman byudjetlari mablag‘laridan amalga oshiradilar. 128 Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks ettiradi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling