Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet loyihasini ko‘rib chiqish va qabul qilish


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjet loyihasini ko‘rib chiqish va qabul qilish. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Byudjetnoma 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Oliy Majlis palatalari Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari 
hamda navbatdagi yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 


144 
qabul qiladi. Demak, davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan qabul qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun 
Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qarorlarini ijro etish bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, ushbu qaror bilan: 
− asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi; 
− davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari; 
− davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari; 
− davlat maqsadli jamg‘armalarining asosiy parametrlari; 
− soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari miqdorlari; 
− mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika 
byudjetidan subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning chek-
langan miqdorlari; 
− umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat-
lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning normativlari va Byudjet 
kodeksining 98-moddasida belgilangan boshqa ko‘rsatkichlar tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich-
lar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qarori 
qabul qilingandan so‘ng byudjet tizimining tegishli byudjetlari qabul qilinadi. Bu 
byudjetlar qaysi organ tomonidan va qanday muddatlarda qabul qilinishiquyidagi 
rasmda aks ettirilgan (8.11-rasm): 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling