Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
8.6. Byudjet jarayoni 
 
Byudjet jarayoni – byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va 
ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va 
tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli faoliyat jarayonidir. Uning mazmuni 
mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik 
shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi. 
Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z 
ichiga oladi (8.9-rasmga qarang): 
– byudjet loyihasini tuzish; 
– byudjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish; 
– byudjetni ijro etish va nazorat qilish; 
– byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. 
 
8.9-rasm. Byudjet jarayoni bosqichlari 
Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan 
iborat bo‘lib, odatda, bir byudjet yilidan ancha avval boshlanib (6-8 oy), byudjet 
yili tugagandan keyingi bir necha oyni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasida byudjet yili kalendar yilIga mos keladi va 1-
yanvarda boshlanib 31-dekabrda tugaydi. Lekin dunyoning turli davlatlarida 
byudjet yili kalendar yilining turli davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu, odatda, parlament 
sessiyalarini o‘tkazish davri, shu mamlakatda qaror topgan tarixiy an’analar, 
muhim sanalar bilan bog‘liq. Masalan, Fransiya, Germaniya, Italiyada byudjet yili 


141 
1-yanvardan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanadada – 1-apreldan, Shvetsiya, 
Norvegiya, Pokistonda – 1-iyuldan boshlanadi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish. Davlat byudjeti va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari va moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
prognozi asosida tuziladi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, byudjetlar loyihalarini tuzish, Moliya 
vazirligi so‘ragan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha 
–vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
hisoblanadi. 
Byudjet loyihasini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: 
− byudjet so‘rovi tuzish tartibini yuborishni; 
− byudjet so‘rovlari hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz-
larini tayyorlash va taqdim etishni; 
− byudjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni
− byudjetnomani ishlab chiqishni. 
Byudjet so‘rovi – kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni 
olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, kelgusi davr 
uchun byudjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi. Byudjet so‘rovini tuzish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Byudjet buyurtmasibyudjet tashkiloti, byudjetdan mablag‘ oluvchi yoki 
byudjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi va tegishli moliya organiga 
byudjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet 
buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar hamda kelgusi uch yil uchun byudjet tizimi 
byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet 
tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. 


142 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling