Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjetni ijro etish va 
nazorat qilish. Byudjet tizimi 
byudjetlarining 
ijrosi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
Byudjet 
ijrosini 


146 
tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot 
tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. 
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z xarajatlar smeta-
larida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni moliya yili tugagu-
niga qadar sarflaydilar.Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili va 
qo‘shimcha vaqt mobaynida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya 
yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun byudjet 
tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha 
operatsiyalarni o‘tkazish tartibi va eng kech muddatlarini belgilaydi.Byudjet tizimi 
byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan 
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda byudjet tashkilotlari va 
byudjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, 
daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 
Byudjet kodeksining 117-moddasida byudjet tizimi byudjetlari daromad 
qismining ijrosi nimalarni o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan (8.12-rasm): 
 
8.12-rasm. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari ijrosini tashkil etish
42
 
 
42
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining VII bo‘lim, 19-bob, 109-moddasi asosida keltirildi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling