Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimada? Davlat 
byudjetining iqtisodiy kategoriya, moddiy tushuncha, huquqiy kategoriya sifatida 
amal qilishini tushuntirib bering. 
2. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning 
boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi? 
3. Unitar va federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet 
tuzilishi modellarini tavsiflab bering. 
4. Byudjet tizimiga ta’rif bering. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi 
qanday tamoyillarga asoslanadi? 
5. Byudjetlararo munosabatlar nima va O‘zbekiston Respublikasi byudjet 
amaliyotida byudjetlararo munosabatlarning qaysi shakllaridan foydalaniladi? 
6. Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanadi? Byudjet 
daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi? 
7. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat?Soliq tizimi deb 
nimaga aytiladi? 
8. Davlat byudjeti xarajatlarining funksional (vazifa jihatdan) tayinlanishiga 
ko‘ra tarkibi va tuzilishi qanday? 


150 
9. Byudjet defitsiti deb nimaga aytiladi? Byudjet defitsitini keltirib 
chiqaruvchi omillar qaysilar?
10. Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston Respublikasida 
mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday 
tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi? 
11. Byudjet jarayoni nima, u qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 
12. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil etish xususiyatlari 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni 
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini 
tushuntirib bering. 
2. Xorijiy davlatlar byudjet tizimlari va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi 
bo‘yicha taqdimot tayyorlang. 
3. Byudjet qonunchiligini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzing va har 
biriga qisqacha izoh yozing. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy 
byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga oid ma’ruzalari asosida 
taqdimot tayyorlang. 
5. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va 
tuzilishining tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va himoya qiling. 
6. Davlat moliyasini sog‘lomlashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqing va shu asosda 
taqdimot tayyorlang. 
7. Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlarining so‘nggi 3 
yillik ijrosi ma’lumotlari asosida tahliliy ish bajaring. 


151 
8. Davlat byudjetining markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish 
xarajatlarining byudjet xarajatlari tarkibidagi hamda Davlat investitsiya dasturini 
moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ko‘rgazmali 
ma’lumot tayyorlang. 
9. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari, xarajatlari va 
byudjet defitsitining dinamikasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni to‘plang, ularni 
jadval (diagramma, grafik) tarzida rasmiylashtiring va qisqacha xulosa yozing. 
10. Internet resurs manbalaridan foydalanib, horijiy davlatlar byudjetlarining 
holati to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 


152 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling