Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 158 b.  Byudjetdan tashqari jamg’armalarni


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
55
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 158 b. 
Byudjetdan tashqari jamg’armalarni 
shakllantirish manbalari 
Yuridik va 
jismoniy 
shaxslarning 
sug’urta badallari 
Byudjet 
transfertlari 
Yuridik shaxslar 
daromadlaridan 
majburiy ajratmalar 
Vaqtinchalik bo’sh 
turgan mablag’larni 
investitsiya 
qilishdan 
daromadlar
Yuridik va 
jismoniy 
shaxslarning 
ixtiyoriy 
o’tkazmalari 
(homiylik) 
Qonunchilik 
me’yorlarida 
ta’qiqlanmagan 
boshqa daromadlar 


167 
hisobidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bir yo‘la 
to‘lanadigan to‘lovlar, davlat aktivlari bilan bog‘liq operatsiyalar va belgilangan 
tartibda aniqlanadigan boshqa maqsaddagi xarajatlar uchun foydalaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 
bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xarajatlarning 
moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratmalarva 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.Ko‘rinib 
turibdiki, har bir davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar o‘z daromad 
manbai hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlariga ega va ushbu yo‘nalishlar 
ularning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqadi. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidaromadlari quyidagi manbalar 
hisobiga shakllanadi
56

1. Majburiy to‘lovlar va badallar: 

belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; 

alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari

jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; 
2. Boshqa to‘lovlar: 

boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik 
yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi 
oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni 
to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan 
yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan 
 
56
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 fevraldagi 30-son 
qarori 


168 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 
mablag‘lari; 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 
12-moddasiga 
muvofiq 
tayinlangan 
imtiyozli 
pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar 
mablag‘lari; 

dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; 

hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, 
badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va 
moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini 
ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan 
summalardan tashqari); 

yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer 
va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini 
bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki 
sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun 
to‘lanadigan summalar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling