Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlarga xarajat 
qilinadi
57

1) ishlamaydigan fuqarolarga: 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 
 
57
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 fevraldagi 30-son 
qarori 


169 

qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun; 
2) ishlaydigan fuqarolarga: 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 

qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun 
sarflanadi. 
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va 
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun 
Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida 
hisob raqamlari ochiladi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov 
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan 
fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa 
to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda 
Jamg‘armaning 
ijro 
etuvchi 
apparatiga 
buyurtmanoma 
taqdim 
etadi. 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: 

joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-
kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; 

joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan 
miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni aloqa tashkilotlari va 
banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
Jamg‘armaning 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlari 
tashkilotlarning 
buyurtmanomalari bo‘yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi 
uchun nafaqalar(mablag‘lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan 
nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va 


170 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni 
moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida 
nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan 
ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi 
yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari 
va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab 
chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun 
kiritiladi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul 
qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha 
kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; 

Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga — 
turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan 
asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) etkazadi. 
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini 
bajarish: 

yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa 
to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan; 

Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq 
moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, 
shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini 
nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman 
(shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 


171 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro etuvchi 
apparatiga: 

har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar 
bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va 
boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni

tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik 
hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan 
foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling