Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari tizimi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

9.3. Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari tizimi 
 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari maqsadli ishlatilishga 
yo‘naltirilgan. Odatda, ularning nomlanishida mablag‘larning ishlatilish maqsadi 
qayd etiladi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirishning manbalari ular 
tashkil etgan vazifalarning xarakteri va ko‘lamiga qarab aniqlanadi. Manbalarning 
turi va hajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va 
moliyaviy holati ta’sir etadi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari nisbatan doimiy 
va vaqtinchalik xarakterga ega. Ular davlat hududida turli xil bo‘lishi mumkin 
(9.5-rasm).
Byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalarning 
mablag‘laridan 
foydalanish 
jamg‘armalarning maqsadi, aniq iqtisodiy sharoitlar, ishlab chiqilgan va amalga 
oshirilayotgan dasturlardan kelib chiqiladi.
Mablag‘larning ma’lum bir qismi ta’sischilik faoliyatiga hamda qimmatli 
qog‘ozlarga joylashtiriladi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar investor sifatida
 
54
Dimitar Radev, Richard Allen «Extrabudgetary Funds» 2010 y. p.4 


166 
9.5-rasm. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari
55
 
hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi mumkin. Masalan, davlat 
maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi va sarf 
etiladi: 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar 
to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek 
boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi davlat 
mulki bo‘lgan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi 
aksiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish, 
ustav jamg‘armalarida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini tugatishdan 
tushgan tushumlarni hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling