Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat maqsadli jamg‘armalarining turlari, ularning tashkiliy-huquqiy


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

9.2. Davlat maqsadli jamg‘armalarining turlari, ularning tashkiliy-huquqiy 
asoslari 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar har doim ham davlatga tegishli bo‘lmaydi. 
Jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojlarni kengayishi 
jamiyat a’zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini qondirishga 
maqsad qilib qo‘yilgan nodavlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarning 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash 
mumkin (9.3-rasm). 
Mablag‘lar sarflanishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra, byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga 
ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy 
siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalarni shakllantirishda, asosan, 
sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta 
badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi.
 
49
Vahobov A. Bozor munosabatlari tizimidagi ijtimoiy fondlar. TSharq. 2003. 117 b. 
50
Дробозина Л.А. Финансы: Учебное пособие. – Москва: ЮНИТИ. 2005г. -20 стр. 


160 
Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi
nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va 
tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish va boshqalar uchun ijtimoiy 
nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy hayotining 
rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
9.3-rasm. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarning tasniflanishi
51
 
Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik 
jamg‘armalarni tashkil etishga kata e’tibor berilmoqda. Ushbu jamg‘armalarning 
daromad qismini shakllantirishda byudjet mablag‘lari qatorida yirik 
kompaniyalarning mablag‘lari, universitetlarning badallari va boshqa manbalardan 
foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlangan jamg‘armalarning mablag‘lari fundamental 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling