Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiO‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot 
Jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006 yil 11 maydagi PF–3751-
sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning etakchi, eng 
avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish 
bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni 
muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish 
hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 


178 
Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) quyidagi 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 

Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan 
ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) 
buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish 
va kredit liniyalarini ochish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha ayrim investitsiya 
loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 
Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar 
berish (yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda); 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va 
qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarorlari asosida — Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan 
imtiyozli kreditlar berish; 

tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni 
tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan 
moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy 
investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav 
kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 
foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda). 
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin: 

Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha 
xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan 
oldin to‘lash; 

tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar 


179 
hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun 
imtiyozli kreditlar berish. 
Jamg‘armaning asosiy vazifalari: 

davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash; 

iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish; 

strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni, birinchi 
navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta 
qurollantirish dasturlarini kreditlash; 

yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli 
metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab 
chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini 
ta’minlash; 

etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga 
ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo‘ljallangan va 
import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va 
uskunalarni sotib olishga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirgan holda respublikaning 
tijorat banklariga Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilangan 
tartibda kredit liniyalarini ochish. 

birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy 
jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini 
moliyalashtirish; 

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab 
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va 
tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti 
mablag‘lari hisobidan qoplash yo‘li bilan moliyalashtirish; 


180 

respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi 
uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga 
eng qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar 
infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish; 

davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy 
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lashni moliyalashtirish; 

xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit 
muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni 
ta’minlash. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling