Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Jamg‘arma quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 

navbatdagi yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit 
ko‘rsatkichlari, Davlat byudjeti hamda Davlat investitsiya dasturining asosiy 
parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushish va ulardan 
foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Jamg‘armani 
boshqarish bo‘yicha Kengashga taqdim etadi; 

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab 
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va 
tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi; 

davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy 
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablag‘larni beradi; 

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy 
tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav 
kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha va Iqtisodiyot 
vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki 
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz 


181 
kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy 
qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan 
taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi; 

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq 
xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli 
kreditlar beradi; 

moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi 
to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili 
belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi; 

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat 
banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda 
monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning 
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi; 

tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega 
bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan 
majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi. 

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini 
takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi; 

Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida 
choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma mablag‘larining 
bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi; 

Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi. 

Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv 
organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadi. 


182 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling