Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 
mablag‘larini shakllantirish manbalari

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona 
ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar; 

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va 
davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi 
mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni 
buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi; 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 
hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan 
tushgan mablag‘lar, mulkni baholash va sotish bo‘yicha aniq xarajatlardan 
tashqari, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; 

fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga 
oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka 
bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga mablag‘lar o‘tkazadilar; 

ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga 
to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 


172 
munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof 
foydaning bir qismi; 

qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini 
sotishdan olingan daromadlar; 

Bandlik jamg‘armasining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida va boshqa 
moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar; 

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
davlat 
jamg‘armasimablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari: 

mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi 
bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni 
ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirishni moliyaviy ta’minlash; 

ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim 
muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat 
bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va 
moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni 
amalga oshirish; 

ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga 
va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy 
muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha 
xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo‘yicha organlarning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning 
tasarrufida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‘linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo‘limlari jamg‘armaning 
moliyaviy resurslarini to‘liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun 
javobgardirlar. 


173 
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq jamg‘arma daromadiga 
o‘tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligiva uning tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatilgan. 
Bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishni
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligihamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat 
tug‘ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy 
resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling