Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari 
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 
1) Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan 
mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma 
majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi; 
2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan: 

korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aktsiyalar 
(ulushlar)ni, er uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon 
xo‘jaligini yuritish) uchun er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi 
o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag‘lar; 

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz 
oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha 
hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar; 

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan 
daromadlar; 

tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari 
(bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar; 

xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda 
davlat ulushi bo‘yicha tushumlar; 


174 

protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni 
rad etgan auktsionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan 
ushlab qolingan zakalat summalari; 

davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan 
shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari; 

Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar 
qaytarilishidan tushumlar; 

sud qarorlari bo‘yicha tushumlar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Ushbu mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida 
jamlanadi. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar 
soliqqa tortilmaydi. 
Jamg‘arma 
mablag‘larini 
taqsimlash
qonunchilikda 
belgilangan 
mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi: 

96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan 
ob’ektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun tijorat banklariga; 

1,5 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini 
rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu 
jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga 
yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; 

2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish, shu 
jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlar elektron bazasi va reestrini 
shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l 
xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 
va 
raqobatni 
rivojlantirish 
davlat 
qo‘mitasining 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armasiga. 


175 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida 
foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-
taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 17 
yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari 
asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar 
Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent 
shahrining mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan 
jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan 
shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari 
kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auktsion savdolarida fuqarolarga er 
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan 
tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar bundan mustasno hisoblanadi. 
Bunda: 

tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar 
(baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar 
xizmatlarini 
to‘lash 
xarajatlari) 
chegiriladi. 
Davlat 
aktivlari 
oldi-sotdi 
shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat 
raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 
avval yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va 
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va 
tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar ularning 
tushishiga ko‘ra har haftada yo‘naltiriladi. 


176 
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi 
miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning 
(Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 
tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda 
nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi. 
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, 
berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda 
taqsimlanadi: 

50 foizi — Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari 
jamg‘armasiga o‘tkaziladi; 

qolgan qismi — yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va 
ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to‘liq 
miqdorda Jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi. 
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni 
amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda 
tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin: 

davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni 
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni 
tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; 

davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari 
(ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib 
olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish; 

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni 
rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan 
normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-
tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish


177 

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi 
huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat 
raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat 
ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga 
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish; 

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot 
texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik 
kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal 
kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; 

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish 
bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari 
ko‘rsatish; 

baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish. Baholovchi 
tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat raqobat qo‘mitasi 
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi. 
Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib 
qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling