Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: 

O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 
va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan 
jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; 

davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga 
olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar; 

Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma 
mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. 
Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi.O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Jamg‘arma hisobvaraqlariga tushgan mablag‘larni ular 
tushgan kuni amalda bo‘lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo‘yicha chet el 
valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazadi. 
Soliq va to‘lovlarning ayrim turlari bo‘yicha mablag‘larni Jamg‘arma hisobvarag‘iga 
o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Jamg‘arma mablag‘lari tushumi 
manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari har yili belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg‘arma balansida aks 
ettiriladi. 
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 

avvalo yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli 
metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va 
telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g‘oyat muhim 
loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar 
ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo‘shma moliyalashtirish; 

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab 
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va 


183 
tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; 

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy 
tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; 

davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy 
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
tomonidan 
tasdiqlangan 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat 
banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya 
loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish; 

ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab 
chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo‘li bilan moliyalashtirish; 

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq 
xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy 
jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va 
investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida 
moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish); 

tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya 
dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta 
jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko‘paytirish, raqobatbardosh 
mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo‘shilgan 
qiymat 
o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo‘shma 
moliyalashtirish; 

Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlarni qoplashga. 


184 
Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha 
Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma tomonidan beriladigan kredit resurslari 
bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida 
ajratiladi. Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va tijorat banki 
o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo‘yicha alohida belgilanadi. 
Ajratilgan mablag‘larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan 
holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha 
qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 
10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 
birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini 
to‘lash, qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat 
bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to‘lovini qaytarishga berilgan 
kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling