Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
 
10.4 rasm. Amerika Qo‘shma Shtatlarida yalpi va sof milliy jamg‘armalari 
darajasi: 1962-2010
69
. 
 
68
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett 
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 68. 
69
Manba: Data from U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011(pp.
220, 228). Washington, DC: U.S.Government Printing Office. 


197 
10.4-rasmda AQSHning 1962-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrdagi yalpi 
va sof milliy jamg‘armalari darajalari (jamg‘armalar - YaIMga nisbatan foizlarda) 
ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, ikkala jamg‘arma darajasi ham vaqti-vaqti 
bilan, ba’zan jiddiy yuqoriga ko‘tarilish orqali muntazam qisqarib borgan. Odatda, 
shaxsiy jamg‘armalarda yalpi va sof milliy jamg‘armalarni ko‘payishiga olib 
keluvchi o‘sishlar kuzatilmaydi, ammo davlat byudjeti defitsitining vaqtinchalik 
qisqarishi hisobiga, 1990-yillarning oxirida kuzatilganidek, jamg‘armalar 
darajasining oshishi holati yuzaga kelishi mumkin. Bu ma’lumotlar shuni 
ko‘rsatadiki, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti iste’moli tobora o‘sib borishi 
bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi xususiy va davlat sektori 
investitsiyalari qisqarib borayotgan iqtisodiyotdir. 
AQSH jamg‘armalari darajasi boshqa sanoatlashgan davlatlar bilan 
taqqoslaganda qay holatda? 10.5-rasmda Amerika Qo‘shma Shtatlari Buyuk 
Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan taqqoslangan. Rasmdan 
ko‘rinadiki, AQSH federal byudjeti profitsit bo‘lgan 2000-yilni istisno qilib 
aytganda, AQSH taqqoslanayotgan hamma davlatlardan ortda qolmoqda. Janubiy 
Koreyaning sof jamg‘armalari darajasini yangi ilg‘or sanoat mamlakatlari bilan 
solishtirish mumkin. Bu mamlakatlar ishlab chiqarish texnologiyalariga 
investitsiya kiritish orqali mehnat unumdorligini oshirishgan, shuningdek, kichik 
agrosanoatdan manufakturalashgan ishlab chiqarishga o‘tib jiddiy iqtisodiy 
o‘sishga erishish orqali katta foyda topayotgan iqtisodiyotlardir. Umuman, AQSH 
iqtisodiyoti kapital tarkibining aksariyati eskirgan va yaroqsiz holga kelgan asosiy 
vositalarni yangilashga yo‘naltiriladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling