Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


AQSHda hukumatning qarzlardan foydalanilishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

AQSHda hukumatning qarzlardan foydalanilishi. Turg‘unlikdan keyingi 
davrlarda Federal byudjet defitsitidan yalpi talabga va shu orqali butun 
iqtisodiyotga ta’sir etuvchi dastak sifatida foydalanildi. O‘sha davrda keng 
tarqalgan iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, defitsit inflyatsiya bosimini yuzaga 
keltirmagan holda iqtisodiyotni rag‘batlantirishni boshqarishi lozim bo‘lgan. Shu 
bilan birga, defitsit hajmi 1980-yillarga kelib iqtisodiy siyosatning muhim vazifasi 
darajasida maydonga chiqdi. Amalda, 1998-yilga kelib federal byudjet profitsitga 
erishdi, profitsit qisman ataylab amalga oshirilgan siyosat tufayli vujudga kelgan 
bo‘lsa, asosan jadal iqtisodiy taraqqiyot sababli soliq tushumlarining ortishi 
hisobiga yuzaga keldi. 2002-yilda byudjetning defitsit holatiga qaytishiga iqtisodiy 
pasayish va 11-sentyabr voqealari sabab bo‘ldi. Mana shu nisbatan kamtarona
defitsit o‘z ortidan 2007-yilda boshlangan va uzluksiz uch yil davomida (2009, 
2010 va 2011 yillar) byudjetni 1,2 trillion AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan defitsit 
(mazkur defitsitni Afg‘oniston va Iroq sababli deb haspo‘shlashga harakat 
qilishadi) bilan o‘tishiga olib kelgan inqirozni keltirib chiqardi. Bundan tashqari


201 
bu muammolar taxminan qisqa muddatli bo‘lishiga qaramasdan xarajatlar va 
daromadlar manbalarida jiddiy o‘zgarishlar qilinmas ekan, yaqin kelajakda federal 
byudjet ajralmas defitsitda bo‘lib qoladi.
73
Rag‘batlantirish vositasi sifatida foydalaniluvchi vaqtinchalik qarzlar hamda 
daromadlar va xarajatlarga oid siyosiy qarorlarning natijasida to‘planuvchi 
qarzlarni o‘zaro farqlash davlat siyosatini ma’lumot bilan ta’minlashda muhim 
ahamiyatga ega. Mana shu ikki holat o‘rtasidagi chalkashliklar 2007-yilning 
boshlarida rag‘batlantirish paketlarining bir-turi ustidan tortishuvlarning 
boshlanishi orqali o‘zini, bir tomondan, namoyon qildi. Boshqa tomondan, 
iqtisodiyot normal faoliyat yuritayotganda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlar, shuningdek ikki asosiy partiyalar xarajatlarni qisqartirish va 
daromadlarni oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha kelishib qaror qabul qilish 
layoqatiga ega emasligini aks ettiruvchi bunday defitsitlar fiskal siyosatning qarori 
emas. Bu tortishuvlar har qaysi taraf federal qarzni o‘sib borishining ikki asosiy 
sabablarini aralashtirish orqali siyosiy afzalliklarni ko‘zlayotganliklarini namoyon 
qiladi.
74
Prezident 2011-yildagi iqtisodiy ma’ruzasida iqtisodiy turg‘unlikning 
o‘tgan ikki yili davomida namoyon bo‘lgan iqtisodiyotni rag‘batlantirishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asosiy mavzuni ta’kidladi: 
1. yirik investitsiyalarni ta’limga, energiya mustaqilligiga, shuningdek 
kelajakda AQSH ning iqtisodiy taraqqiyotida yonilg‘i sanoatida va yashil tabiat 
biznesida mutlaqo yangi tarmoqlarni yaratish uchun yangi texnologiyalarga 
yo‘naltirishni davom ettirish zarurati;
2. birinchi navbatda past va o‘rtacha daromad topuvchi oilalarga ta’sir 
etmaydigan va yuqori daromad topuvchi amerikaliklar to‘lovlarining ulushining 
kamayishiga olib kelmaydigan byudjet qisqartirishlarini ta’minlash zarurati.
75
 
73
U.S. Govern ment Accountability Off ice (2006). Fiscal year 2005 U. S. govern ment fi nancial statements:
sustained improvements in feder al fi nancial management is cr ucial to addressing our nation's fi nancial condition 
and /,ong-term fi scal imbalance. Washington, DC: U.S. Government Accountability Office; U.S.Congressional 
Budget Office ( 2011). The budget and economic out/,ook: fiscal years 2011-2021. 
74
The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 24; America's missing middle.
(2011). The Economist, 401, November 5, 15. 
75
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic rep ort of the president: 2011, 1-7. 


202 
Prezidentning iqtisodiy hisoboti bilan bir paytda, Kongressing Byudjet 
Boshqarmasi o‘zining “Byudjet va iqtisodiy istiqbollari”da (“Budget and 
Economic Outlook”) o‘zining uzoq muddatli davr uchun (2021 yil uchun) 
byudjetning profitsit/defitsit bo‘yicha bazaviy ko‘rsatkichlar bilan solishtirgan 
holda o‘ziga xos siyosatning davom etishi bo‘yicha prognozlarini keltirib o‘tdi. 
Mazkur chora-tadbirlar “Medicare” dasturi bo‘yicha tibbiy xodimlarga to‘lovlarni 
kamaytirmagan holda muqobil minimal soliqlarni indeksatsiya qilish va 2010-
yildagi “Ish o‘rinlari yaratish haqida”gi Qonunlarni (“the Job Creation Act”) o‘z 
ichiga olgan. Bu prognozlar bilan Kongressing Byudjet Boshqarmasi 2008-2010-
yillardagi byujdet defitsitining eng yuqori darajasini istisno qilgan holda, 1970-
yillardan buyon YaIMga nisbatan eng yuqori darajadagi federal byudjet defitsiti 
yuzaga kelishini bashorat qilmoqda.
76

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling