Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

11.1-jadval 
Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi va ularning 
asosiy ko‘rsatkichlari
92
 
T/r 

Ko‘rsatkichlar 
2018 yil 
2019 yil
Miqdori 
(ming so‘m) 
Jamiga 
nisbatan 
(%) 
Miqdori 
(ming so‘m) 
Jamiga 
nisbatan 
(%) 
Daromadlar jami 
2378949305 
100,0 
3236227699 
100,0 
1 Yagona soliq to‘lovidan ajratmalar 
1107522830 
46,6 
524268887,2 
16,2 
 
91
O‘zbekiston Respublikasi “Byudjetkodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda 
92
Toshkent shahri Moliya Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida 


219 
2 Aktsiz solig‘i 

0,0 
699347434 
21,6 
3 Bozorlar daromadidan tushum 
85102312 
3,6 
129449108 
4,0 

Jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan 
daromad solig‘i 
72780880 
3,1 
362523513 
11,2 
5 Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 
331212400 
13,9 
187111200 
5,8 
6 Yuridik shaxslar yer solig‘i 
131200000 
5,5 
287938600 
8,9 

Suv 
resurslaridan 
foydalanganlik 
uchun soliq 
18640835 
0,8 
30864700 
1,0 

Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
iste’mol qilganlik uchun soliq
201304000 
8,5 

0,0 

Tadbirkorlik 
faoliyatining 
ayrim 
turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan 
soliq 
259440000 
10,9 
153773100 
4,8 
10 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq 
93569255 
3,9 
108787245 
3,4 
11 
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
solig‘i 
54 330 000 
2,3 
65528168 
2,0 
12 Davlat boji 

0,0 
468859632 
14,5 
13 Jarimalar 

0,0 
175290460 
5,4 
14 
O‘zR IIV Yo‘l harakati havfsizligi 
Bosh boshqarmasi va uning hududiy 
bo‘linmalari 
tomonidan 
o‘ndiriladigan yig‘imlar 

0,0 
13451256 
0,4 
15 Mahalliy yig‘imlar
23 846 793 
1,0 
32 362 277 
1,0 
2019 yil prognozlariga qaraganda Toshkent shahri mahalliy byudjeti 
daromadlari tarkibida asosiy ulushni yana davlat bojidan tushumlar (14,5%), 
yagona soliq to‘lovidan ajratmalar (16,2%)ga to‘g‘ri kelmoqda. Amaliyotda 
mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini biriktirilgan va tartibga 
soluvchi daromadlar hisobidan to‘liq ta’minlashning iloji bo‘lmayapti. Bunga 
erishish uchun respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga katta miqdordagi 
subventsiyalar ajratilmoqda.
Albatta biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi 
mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari 
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z 
navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari 
o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar 
moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi. 


220 
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat 
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga 
oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 
– umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan 
tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa 
yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 
– bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun 
hujjatlarida 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
respublika 
budjetidan, 
viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va 
maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va 
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va 
dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish 
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va 
sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti 
filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa 
davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, 
shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika 
budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari; 
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
– hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi 
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 


221 
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish 
xarajatlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, 
pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, 
boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy 
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
– shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni 
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni 
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash 
xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 
– qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu 
jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga 
haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; 
– aholi punktlarini obodonlashtirish;
– shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo 
qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;
– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish 
xarajatlari; 
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent 
shahar 
hokimliklari 
buyurtmachi 
bo‘lgan 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: 
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 


222 
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish 
xarajatlari; 
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini 
shakllantirish xarajatlari; 
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi 
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash xarajatlari; 
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va 
shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib 
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq, 
tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 
– tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan 
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha 
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish 
hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi 
nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
– tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 


223 
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 
– tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi 
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam 
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va 
moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok 
etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya 
yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
– veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish 
stantsiyalarini saqlab turish; 
– shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek 
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab 
turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar 
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning 
xarajatlari. 
Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda 
ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi
93

- axoli jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling