Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
11.3.Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari 
Davlat byudjetiga davlatning moliyaviy funktsiyalarini amalga oshirish 
vositasi sifatida qarash lozim. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
(Davlat byudjeti)davlatning davlat vazifalari va funktsiyalarini moliyaviy 
jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi”
95

Mahalliy byudjetlar esa hududlarning byudjet ko‘rsatkichlarini birlashtirish 
vazifasini bajaradi. Unda o‘sha hududdagi moliya-byudjet siyosatining ishlab 
chiqilishi hamda amalga oshirilishi natijalari aks etadi. 
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida byudjet siyosatining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Iqtisodiy ishlab chiqarishning pasayib ketishidan saqlash.
2. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash.
3. Investitsion faollikka ta’sir qilish, milliy daromad tarkibida jamg‘arish 
ulushini oshirish.
4. Moddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlariga dotatsiya sifatida 
beriladigan byudjet mablag‘larini qisqartirish.
5. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat va soliqqa tortishni 
 
95
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjetkodeksi” 3-moddasidan. 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan. 


226 
takomillashtirish hisobiga byudjetlarning daromad bazalarini mustahkamlash.
6. Davlat xarajatlarining samarali va maqsadli sarflanishini nazoratqiluvchi 
tizimini yaratish.
7. Davlat qarzi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Shunday qilib, byudjet siyosatining asosiy maqsadi ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotini 
yuqori sifatliligini ta’minlash. 
Bu masalalarni hal etish uchun byudjet tizimining barcha bo‘g‘inlari byudjet 
siyosati tamoyillariga asoslangan holda mavjud bo‘lishini ta’minlash zarur. 
Byudjet siyosatining institutsional asoslari davlat hokimiyati va boshqaruvi 
idoralaridan iborat. 
Bular tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq 
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, Mahalliy davlat 
hokimiyati organlari va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan 
barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining moliya va byudjet sohasida 
ma’lum vazifalari va vakolatlari mavjud.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish mexanizmi dastak va vositalarini ishlab 
chiqishda ham byudjet siyosatining tashkiliy tamoyillariga rioya qilish lozim. Ular 
quyidagilardan iborat: 

Kollegiallik, ya’ni moliyaviy hayotga oid masalalarning muhokama 
etilishi, ular yuzasidan qarorlar. qabul qilishni kollegial tarzda amalga oshirish; 

Demokratiya tamoyili, ya’ni qabul qilinayotgan qarorlarning ishlab 
chiqilishida keng halq ommasi vakil qilgan organlar va shaxslarning va bu 
qarorlarni ijro etishda fuqarolarning faol ishtirok etishi; 

Qonuniylik tamoyili, ya’ni hududiy va mahalliy darajadagi byudjet 
munosabatlarini, byudjet jarayonini tashkil etish va boshqarishning qonuniy-
huquqiy asosining mavjud bo‘lishi; 


227 

Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda, moliya sohasidagi 
qonunlarning qabul qilish va ijro etishda respublikaning barcha mintaqalari, 
ulardagi barcha millatlar manfaatlarini to‘liq hisobga olish, ularning mutanosib 
tarzda rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili

Davlat va jamiyatning barcha jabhalari, barcha mintaqalari va barcha aholi 
qatlamlarini moliyaviy jarayonlarga to‘la jalb etish tamoyili

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling