Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Mahalliymoliyaningvazifalari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

11.1-rasm. Mahalliymoliyaningvazifalari
83
Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo’g’inlar kiradi:
1. Mahalliy byudjetlar; 
2. Mahalliy maxsus fondlar 
3. Mahalliy korxonalar moliyasi 
Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini mahalliy 
byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko’p pog’onali 
qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan biridir. 
Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari, hududni 
obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini 
ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar 
xarajatlari moliyalashtiriladi. 
 
83
Mualliflar tomonidan tayyorlandi 
Mahalliymoliyaquyidagilargaxiz
matqiladi 
Mahalliyahamiyatdagiishlabchiqarishningrivojlanishigata’sirko’
rsatish 
Hududdagiaholiningzarurijtimoiyehtiyojlariniqondirish 
Hududiyxo’jalikkompleksininguzoqmuddatlitaraqqiyotinita’min
lovchisohavatarmoqlargainvestitsiyalarnijalbqilish 
Aholibandliginingoshishinita’minlash 


210 
Mamlakat byudjet tizimi bo’yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50 
foizidan ko’proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladi. Mahalliy 
byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, 
xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga mo’ljallangan 
umumdavlat mablag’larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega bo’lib 
bormoqda.
Mahalliy byudjetlar,Byudjet kodeksi” ga muvofiq, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga 
kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari 
va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan. 
Mahalliy korxonalar moliyasi – Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan, 
mahalliy hokimiyat bo’ysinuvidagi, unitar korxonalar moliyasi bo’lib, ularga 
quyidagilar kiradi: 

uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari 

obodonlashtirishkorxonalari 

suvxo‘jaligikorxonalari 

gaz, elektr, issiqlik ta’minoti korxonalari va boshq. 
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul 
mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini 
hisoblanadi. 
Mahalliy 
byudjetlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 
uning 
funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 

mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil 
etuvchi pul fondlarini shakllantirish; 

bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar 
o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish; 

mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish. 


211 
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Byudjet 
kodeksi” ning 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi 
byudjetlar quyidagi byudjetlarni o‘z ichiga oladi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va 
shaharlarining byudjetlari kiradi. 
Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli 
viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. 
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun
mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy xujjatdir. Mahalliy 
byudjetlar orqali mahalliy xududlarni ijtimoiy-iktisodiy jihatdan rivojlantirish 
moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. Uzbekiston Respublikasi byudjet 
tizimining barcha daromadlari tarkibida maxalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 
42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi 
bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar 
hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda 
ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib 
borishiga olib kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan 
moliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital 
kuyilmalarini moliyalashtirish, 1994 yildan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish 
xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy 
byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan 
harajatlar tarkibida maxalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi. 
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya kilish borasida davlatning olib 
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi xisoblanadi. Aholini ijtimoiy 


212 
himoya qilish xarajatlarining deyarli yuz foizi mahalliy byudjetlar hisobidan 
moliyalashtiriladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling