Toshkent Moliya Instituti bank huquqi fanidan mustaqil ish mavzu


O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining nobank tashkilotlari bilan munosabati


Download 80.85 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi80.85 Kb.
#1305317
1   2   3
Bog'liq
Abdullayev S bank huquqi mus

O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining nobank tashkilotlari bilan munosabati.
Markaziy bank-mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda tulov tizimining barqaror faoliyati uchun masul bulgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to'lov tashkilotlar, va bir necha nobank kredit tashkilotlar (mikromoliya, lombardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Yo'qorida aytib o'tilganidek O'zbekiston Respublikasida nobank tashkilotlarini letsinzyalash, ularni qaytib olish va ular ustidan nazorat faoliyatini yo'ritish O'zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag’lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming evro ekvivalenti miqdorida pul mablag’lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o`z a`zolaridan depozitlar qabul qilish huquqiga ega. SHu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta`minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo`lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German SHultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo`lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko`mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo`lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYUSHMALARI ASSOTSIATSIYASINI tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta`minlash bilan shug’ullangan.
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo`lib, u uyushma a`zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida xizmat ko`rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a`zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a`zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko`rsatishdan iborat.
Kredit uyushmalarni ro`yxatdan o`tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo`lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Yukorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo`lib o`zining a`zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko`rsatishdan iboratdir.
Markaziy bank to`g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to`g’risida”gi qonunga ko`ra kredit uyushmalari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan moliya operatsiyalarini o`tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi.
Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:
➢ O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
➢ O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi qonuni;
➢ O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy hujjatlari.
Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash uchun mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o`sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir.
Kredit uyushmasi kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.
Hozirgi kunga kelib Resbulika hududida 30dan ortiq kredit uyushmalari faoliyat ko`rsatishmoqda, undan tashqari davlat va kredit uyushmalari orasidagi aloqani yanada yaqinroq va tezroq amalga oshirish maqsadida “O`zbekiston Respublikasi Kredit Uyumalari Assotsiatsiyasi” tashkil etilgan bulib ular nobank tashkilotlari faoliyatini tartibga solib turadi.
Kredit uyushmasi a`zolarining mumiy yig’ilishi:
➢ ustavga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritadi, ustav fondini ko`paytirish yoki kamaytirishga doir o`zgartishlar bundan mustasno;
➢ daromadning bir qismini kredit uyushmasining a`zolariga to`lash tartibini tasdiqlaydi;
➢ kredit uyushmasi a`zolari orasidan kengash, kredit qo`mitasi, taftish komissiyasi a`zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi;
➢ yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo`mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi;
➢ auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi;
➢ kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to`g’risida qaror qabul qiladi.

 
Download 80.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling