Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


Markaziy bank faoliyatining xususiyatlari va uning funksiyalari va vazifalari


Download 181.05 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi181.05 Kb.
#1370161
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tayyori

1. Markaziy bank faoliyatining xususiyatlari va uning funksiyalari va vazifalari
Bank deb, pul mablaglarini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqazo etadi. Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob qilganlar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta‘minlovchi muassasa hisoblanadi.
Markaziy bank o’z faoliyatini 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boradi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respub-likasining Markaziy banki to’gr’isida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasida belgilangan: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo’lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z xarajatlarini o’zining daromadlari hiso-bidan amalga oshiradi». Qonunning 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respub-likasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko’chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o’tkazish imkoniyatini beradi. Qonun-ning 3-moddasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqaror-ligini ta‘minlashdan iborat ekanligi qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta‘minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’rni juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari faoli-yatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustah-kamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat bankla-rini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosat sohasi hisoblanadi.
Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunning 6-moddasida Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Qonunning 8-moddasida Markaziy bank faoliyatining tashkiliy jihatlariga e‘tibor qaratilgan bo’lib, Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega ekanligi, Markaziy bank
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada Qoraqalpog‘ston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomga ega bo’lmagan o’zining bosh boshqarmalarini tuzishi mumkinligining huquqiy asoslari keltirilgan.
Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi. Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajari-lishi uchun javobgar bo’ladi. Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo’yicha harakatlarni amalga oshiradi.Markaziy bankning boshqaruv tarkibini quyidagi rasmda aks ettirish mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi





Rais o‘rinbosarlari

Bankning asosiy departament va bo‘linma rahbarlari



Markaziy bank raisi

3-rasm. Boshqaruv tarkibi



Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bankfaoliyatiga doir barcha masa-lalar bo’yicha Markaziy bank nomidan ish ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki departament, boshqarma va bo’lim-lardan tashkil topgan. Shuningdek, qonunning 9-moddasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya-kredit va valyuta munosabatlariga oid faoliyatni amalga oshirishda boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga, moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan, chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi a‘zo bo’lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko’rsatish, xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochish, O’zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqli ekanligi belgilab berilgan. Markaziy bank o ̳z faoliyatida foyda olishni maqsad qilib qo’ymaydi, ammo har bir moliya yil davomida olingan daromadlardan ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo ̳yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so’ng, barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek, aktivlar va passivlar amalda baholanganidan so ‘ng bank faoliyatining natijasi (foydasi) aniqlanadi.
Markaziy bankning foydasi boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.Shuningdek, bank boshqaruvining qaroriga muvofiq foyda hisobidan aniq maqsadli rezervlar va fondlar ham tashkil etilishi mumkin. Aniq maqsadga yo ̳naltirilgan rezervlar va fondlar tashkil qilinganidan yoki to’ldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika byudjeti daromadini to’ldirishga yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Markaziy bankning hisobot davri 1-yanvar – 31-dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15-maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etilishi lozim.
Markaziy bankning oliy organi uning boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo ̳nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.
Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O’zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan.Masa-lan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug’ulla-nish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish taqiqlanadi.O’z-bekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko’rishi lozim.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Bular:
- monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi
siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta‘minlash;
- banklar, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va kredit byurolar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish;
- banklar, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog ̳ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
- O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini kelishuvga binoan hukumat rezervlariga qo ̳shgan holda saqlash va tasarruf qilish;
- davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda takshkil etishdan iborat.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarish, avvalambor, kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi monetary siyosatining asosiy yo’nalishlari bo‘lgan iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini, muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini, pul massasi yillik o’sish sur‘atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini, valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalish-larini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida o’ttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul taklifi hajmini o’zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasi-ga va korxonalar faoliyatining o ‘ish sur‘atlariga ta‘sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining oshirilishi iste‘mol va sarmoyaga bo’lgan talabning o’sishiga, binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pul yuqori sur‘atlarda qadrsizlanayotgan sharoitda Markaziy bank ularni
sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo’lgan talab kamayadi, pul bozor-laridagi foiz stavkalari o’zgaradi, pulning qadrsizlanishi kamayadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining asosiy yo’nalishlari, pul mas-sasi o’zgarishining aniq maqsadli mo’ljallari va pul muomalasini tartibga solish vositalari ham qonunda yoritilgan bo’lib, unda Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari belgilab berilgan. Sxema tariqasida pul-kredit siyosatining strategik
maqsadlarini quyidagicha ifodalash mumkin.
Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita daromad ko‘radilar.


Download 181.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling